Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi va bir nafar futbolchisi koronavirusga chalindi, deb xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsatsiyasi bayonot berdi.

Ta’kidlanishicha, bosh murabbiy Srechko Katanets Dubaydagi yig‘inga Sloveniyadan yetib kelishi lozim bo‘lgan. Biroq, ketish oldidan topshirgan testi musbat natijani ko‘rsatgan.

«Shu tariqa, sloveniyalik mutaxassis o‘z yurtida karantin o‘tashga majbur bo‘ldi. Umid qilamizki, karantin davri tugagach, murabbiyimiz o‘z sog‘lig‘ini tiklagan holda terma jamoa boshqaruviga qaytadi. Unga qadar Katanetsning yordamchi murabbiylari yig‘inning boshlang‘ich qismida terma jamoani boshqarib turadi», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, terma jamoa a’zosida ham koronavirus aniqlangan. Jamoa Dubay shahriga yetib borgach, delegatsiyaning barcha a’zolari PZR test topshirgan.

Testlar natijasiga ko‘ra, Hojimat Erkinovda musbat natija qayd etilgan. Shu sababli u belgilangan tartibda, jamoadan ajratilgan holga karantin o‘tashni boshlagan.

Karantin muddati yakuniga yetgach, futbolchi qayta test topshiradi va natijadan kelib chiqib keyingi mashg‘ulotlari reja qilinadi.