13 yanvar, payshanba kuni O‘zbekistonda yana 824 kishi koronavirusga chalindi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Bu oldingi kun qayd etilgan holatdan 110 taga ko‘p. Kunlik kasallanish ketma-ket 6 kun ortib bormoqda.

Pandemiya boshlangandan beri ushbu kasallikka chalinganlar soni 203297 nafarga yetdi.

13 yanvar kuni aniqlangan holatlarning yarmidan ko‘pi Toshkent shahrida aniqlangan (434 kishi). Toshkent viloyatida 124 holat, Jizzahda 47, Samarqandda esa 41 holat qayd etilgan.


Shuningdek, yana 3 kishi virusdan vafot etdi. Shu tariqa koronavirus qurbonlari soni jami 1511 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 28 avgustida so‘nggi bor kunlik kasallanishlar soni 800 nafardan oshgan edi.