Latviya koronavirus sababli favqulodda holat rejimini martgacha uzaytiradi

Latviya hukumati koronavirus sababli joriy etilgan favqulodda holatni 28 fevralgacha uzaytiradi, dedi bosh vazir Krishyanis Karins. Mamlakat hukumati bu qarorni 6 yanvar, payshanba kungi yig‘ilishda rasman tasdiqlashi kerak. Bu haqda Kommersant’ nashri xabar berdi.

Latviya bosh vazirining aniqlik kiritishicha, mamlakat koronavirusga test sinovlari tezligini oshirish, shuningdek, niqob kiyish talablarini kuchaytirish va koronavirus sertifikatlarining amal qilish muddatini uzaytirishni rejalashtirmoqda. «Vaksinatsiya telefonni quvvatlantirishga o‘xshaydi: batareya vaqt o‘tishi bilan o‘tirib qoladi. Vaksinalar ham shunday — ular og‘ir kasallik va o‘limdan himoya qiladi, ammo vaqt o‘tishi bilan ularning samaradorligi pasayadi, shuning uchun siz „emlash batareyasini“ quvvatlashingiz kerak. Buni buster dozalar yordamida amalga oshirish mumkin», — deya tushuntirdi u.


Buyuk Britaniya, Gretsiya, Italiya, Fransiya va Shveysariyada kunlik COVID-19 holatlari soni bo‘yicha rekordlar yangilandi

Oxirgi sutka davomida Yevropa mamlakatlarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana rekordlarni yangiladi. Bemorlar sonining kunlik maksimal miqdori beshta davlatda — Buyuk Britaniya, Gretsiya, Italiya, Fransiya va Shveysariyada o‘rnatildi.

  • Buyuk Britaniya hukumati saytidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan kun davomida 218 724 kishi COVID-19 bilan kasallangan. Virus bilan kasallanganlar soni 13,7 milliondan oshdi, vafot etganlar esa 149 ming nafarni tashkil etdi.
  • Gretsiyada co‘nggi sutkada 50 126 kishi kasallangan, 61 kishi vafot etgan. Gretsiya Milliy sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 1,2 milliondan oshdi, o‘lim soni esa 20 mingdan ortiq.
  • Italiyada bir sutkada 170 844 ta koronavirusga chalinish holati qayd etilgan, 259 kishi vafot etgan. Mamlakatda kasallanganlar soni 6,5 milliondan oshdi, vafot etganlar soni 138 ming kishidan oshdi.
  • Fransiyada o‘tgan kun davomida 271 686 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 10,4 milliondan oshdi, vafot etganlar — 125 ming kishi.
  • Shveysariyada kuniga 20 742 ta COVID-19 holati qayd etilgan, 15 kishi vafot etgan. Mamlakatda kasallanganlar soni 1,3 million kishidan, vafot etganlar esa 12 ming kishidan oshdi — Kommersant’.

AQShda qor bo‘roni tufayli besh kishi halok bo‘ldi

Qo‘shma Shtatlardagi noqulay ob-havo Vashingtonda, shuningdek, qo‘shni Merilend va Virjiniya shtatlarida elektr energiyasining katta uzilishlariga olib keldi. USA Today xabariga ko‘ra, qor bo‘roni besh kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

«Dushanba kuni Atlantika okeanining janubiy va markaziy qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan kuchli qor bo‘roni 850 mingdan ortiq holatda elektr ta’minotida uzilishlarga, hukumat ishini to‘xtatishiga va besh kishining o‘limiga sabab bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Merilend shtatidagi avtohalokatda uch kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida bolalar ham bor. Xususan, Tennessi shtatida yetti yoshli qizchaning ustiga daraxt qulab tushdi. Jorjiya shtatida besh yoshli bola uyiga daraxt qulashi oqibatida vafot etdi.


Qozog‘istondagi so‘nggi vaziyat

  • Qosim-Jomart Toqayev mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari ortidan Olmaota shahri va Mangistau viloyatida ikki haftalik favqulodda holat joriy qildi.
  • Toqayev yana qator farmonlarga ham imzo chekdi. Ulardan biri bilan hukumatning iste’fosi qabul qilindi. Bosh vazir vazifalarini bajarish bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Alixan Smailovga yuklatildi.
  • Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat Xavfsizlik kengashi raislik qilishni boshladi. Bungacha Nursulton Nazarboyev ushbu lavozimga bir umrga tayinlangan edi.
  • Bugun kun davomida namoyishchilar Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning Olmaotadagi qarorgohini egallab oldi.
  • Shuningdek, namoyishchilar Olmaota shahri ma’muriyati binosiga bostirib kirib, binoga o‘t qo‘ydi.
  • «Olmaota hokimligi xodimlari havfsiz. Davlat hizmatchilari favqulodda vaziyatda o‘z xizmatlarini bajarmoda. Shaharda kommunal xizmatlar muammosiz ishlamoqda. Issiqlik, gaz, elektr ta’minoti ta’minlangan», — deya qayd etdi shahar hokimi o‘rinbosari Erjan Babakumarov. U hokimiyatga kilingan hujumni «radikalizmning namoyon bo‘lishi» deb atadi.
  • Internet ishlashini tahlil qiluvchi NetBlocks tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, butun Qozog‘istonda internetning uzilishi qayd etildi.
  • Bundan tashqari, Aqto‘be hokimiyati binosi yaqinida portlash kuzatilgan, ayrim manbalarda yaralanganlar borligi aytilmoqda.
  • Olmaotadagi namoyishlar paytida 500 ga yaqin kishi kaltaklangani aytildi.