Chorshanba kuni O‘zbekistonda 710 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi. Koronavirusdan kasallanishlar soni ketma-ket 5-kun ortib bormoqda, deya xabar bermoqda SSV.

Shunday qilib, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 202473 nafarga yetdi. Bu oldingi kunga nisbatan 110 nafarga ko‘p.

Eng ko‘p kasallik Toshkent shahrida aniqlangan (387 nafar). Shuningdek, Toshkent viloyatida ham yuzdan ortiq bemorlar bor.

Qolaversa, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1508 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi qo‘llanilgan jami vaksinalar soni 40,2 million dozadan oshdi.

Jumladan, 12 yanvar kuni mamlakat hududlari bo‘ylab 144 966 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi.

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 25 612 nafarni,
  • 2-bosqich emlanganlar 55 402 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 63 952 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 40 239 570 doza vaksinadan foydalanilgan.

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 18 984 774 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 13 957 004 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 7 297 792 nafarni tashkil qildi.