«bosh prokuratura» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida tergovchi va qorovul $9 ming bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda
28 fevral 2023, 09:22

Toshkent viloyatida tergovchi va qorovul $9 ming bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda

Ohangaron shahri prokuraturasi tergovchisi va qorovuli $9 ming bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda. Ular fuqaroga jinoyat ishini yengillashtirib, ijobiy hal qilib berishini bildirgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Salom Samadov bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga qaytdi
23 fevral 2023, 10:45

Salom Samadov bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga qaytdi

Qashqadaryo prokurori Salom Samadov bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U ushbu lavozimda 2017−2018 yillarda ham ishlagan.

Toshkentda 11-sinf o‘quvchisi tengdoshini pichoqlab qo‘ydi
22 fevral 2023, 11:17

Toshkentda 11-sinf o‘quvchisi tengdoshini pichoqlab qo‘ydi

Chilonzor tumanidagi 162-maktabda 11-sinf o‘quvchisi tengdoshini pichoqladi. Voqeaga o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qarshida 22 yoshli yigit o‘zini 10-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi
21 fevral 2023, 21:35

Qarshida 22 yoshli yigit o‘zini 10-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi

22 yoshli yigit Qarshi city`dagi ko‘p qavatli uyning 10-qavatidan o‘zini tashlab yuborib, joniga qasd qildi. Tergovga qadar tekshiruvda u 2019 yilda ruhiy muammolar sababli davolangani, o‘sha davrda ham joniga qasd qilishga uringani aniqlandi.

Toshkentda 35 tup daraxtni kesib tashlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19 fevral 2023, 11:59

Toshkentda 35 tup daraxtni kesib tashlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida firmaga berilgan hududda 35 tup daraxt noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 196 mln so‘m zarar yetgani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namangandagi sexda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
16 fevral 2023, 12:12

Namangandagi sexda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Namangan tumanidagi cho‘yan quyish sexida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Yana bir ishchi tan jarohati oldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Nukus voqealari bo‘yicha 3 nafar huquq-tartibot idorasi xodimi qamoqqa olindi
9 fevral 2023, 10:01

Nukus voqealari bo‘yicha 3 nafar huquq-tartibot idorasi xodimi qamoqqa olindi

Huquq-tartibot idoralarining 3 nafar xodimi iyul oyida sodir bo‘lgan Nukus voqealarida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganlikda ayblandi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, ular qamoqqa olindi.

Toshkent viloyatida 19 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ydi
7 fevral 2023, 11:54

Toshkent viloyatida 19 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ydi

Angren shahrida 19 yoshli qiz xonadonida o‘zini osib qo‘ydi. Uni shahar Milliy gvardiyasida ishlovchi yigit fotosuratlarini tarqatish bilan qo‘rqitgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
3 fevral 2023, 17:40

Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ulardan ikki nafari talaba bo‘lgan. Hodisaga isitish tizimining tabiiy gazdan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ekani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

2022 yilda 3 mingdan ortiq mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi
1 fevral 2023, 09:16

2022 yilda 3 mingdan ortiq mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi

2022 yil davomida respublika bo‘yicha 3116 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Xususan, ular talon-toroj qilish, firibgarlik, poraxo‘rlik kabi jinoyatlarni sodir etgan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 12 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Ammasi va 17 yoshli jiyanini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan andijonlik erkak ushlandi
27 yanvar 2023, 10:22

Ammasi va 17 yoshli jiyanini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan andijonlik erkak ushlandi

Xo‘jaobod tumanidagi xonadonlarning birida 30 yoshli erkak ammasi va 17 yoshli jiyanini o‘ldirib ketgani gumon qilinayotgandi. Aniqlanishicha, erkak ayoldan kreditni to‘lash uchun pul so‘ragan. Rad javobdan jahli chiqib, ularni pichoqlab qo‘ygan. Hozirda gumonlanuvchi ushlangan, holat tergov ostida.

Andijonda ayol va talaba qiz o‘ldirib ketildi
26 yanvar 2023, 15:26

Andijonda ayol va talaba qiz o‘ldirib ketildi

Xo‘jaobod tumanidagi xonadonlarning birida 62 yoshli ayol va uning 17 yoshli jiyanining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Holat bo‘yicha tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.

Farg‘onada davlatga 2 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan mayning fermalar aniqlandi
17 yanvar 2023, 10:59

Farg‘onada davlatga 2 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan mayning fermalar aniqlandi

Farg‘ona viloyatining ikki hududida go‘yoki kompyuter texnikalari va muzlatkichlarni ta’mirlash sexlarini tashkil etib, amalda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgan mayneng fermalar aniqlandi. Ular davlatga jami 2 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

«Hududgaz Buxoro» korxonasi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17 yanvar 2023, 09:26

«Hududgaz Buxoro» korxonasi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura Buxoro viloyatidagi 3 ta metan gaz quyish shoxobchasida 26,2 mlrd so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-toroj qilinganini aniqladi. Holat yuzasidan «Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti korxonasi va shoxobchalar mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda erkak xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirib, o‘zini osdi
6 yanvar 2023, 10:32

Samarqandda erkak xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirib, o‘zini osdi

Oqdaryo tumanida erkak xotinini qaychi bilan urib, beshikda yotgan 5 oylik bolasini esa bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra o‘zini osib, joniga qasd qildi. Hodisaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Hududiy YHXBlar 91,1 mlrd so‘mlik 203 357 ta jarimani ijroga yubormagani aniqlandi
17 dekabr 2022, 13:50

Hududiy YHXBlar 91,1 mlrd so‘mlik 203 357 ta jarimani ijroga yubormagani aniqlandi

Hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari jami 91,1 mlrd so‘mlik 203 357 ta jarimani ijroga yubormagani aniqlandi, deya ma’lum qildi Bosh prokuratura. Qolaversa, MIB tomonidan 27,6 mlrd so‘mlik 62 mingta jarimani qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar asossiz ravishda YXHB organlariga qaytarilgan.

Surxondaryoda to‘rtta tumanning elektr ta’minoti korxonalari rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16 dekabr 2022, 17:43

Surxondaryoda to‘rtta tumanning elektr ta’minoti korxonalari rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryoning Muzrabot, Qiziriq, Sherobod va Uzun tumani EKT rahbarlari va boshqa mansabdorlar umumiy hisobda davlatga 7 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda holatlar bo‘yicha tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura Toshkent shahar IIBBni noxolis axborot tarqatganlikda aybladi
15 dekabr 2022, 15:01

Bosh prokuratura Toshkent shahar IIBBni noxolis axborot tarqatganlikda aybladi

«O‘zbekiston 24» telekanalida prokuratura xodimi hujjatlarsiz mashina boshqarib kelgani haqida lavha berildi. BP haydovchi tizimda xizmat qilmacligi va guvohnoma qalbaki ekanini aniqladi. Ma’lumot uzatgan Toshkent shahar YHXB matbuot xizmatini bir yoqlama va noxolis axborot taqdim qilganlikda ayblamoqda.

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida 10 oyda 383 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi
14 dekabr 2022, 17:08

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida 10 oyda 383 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

10 oy davomida Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida 380 ta korrupsion holat aniqlandi, natijada 383 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. 200 taga yaqin holat ish haqi, rag‘batlantirish, qimmat narxlarda davlat xaridlarini amalga oshirish, qurilishga ajratilgan pullarni talon-toroj qilish bilan bog‘liq.

Qashqadaryoda bir oilaning uch nafar a’zosi is gazidan vafot etdi
12 dekabr 2022, 11:15

Qashqadaryoda bir oilaning uch nafar a’zosi is gazidan vafot etdi

Qarshi tumanida 77 yoshli fuqaro kelini va nabirasi bilan yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting