Bosh prokuratura matbuot xizmati «O‘zbekiston 24» telekanalining «Vaziyat 24» ko‘rsatuvida Bosh prokuratura xodimi hujjatlarsiz avtomashina boshqarib kelgani haqida berilgan lavha yuzasidan munosabat bildirdi.

Lavhada 13 dekabr kuni Chilonzor tumani KXAY — Foziltepa chorrahasida Spark transport vositasi Тошкент shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan to‘xtatilib, haydovchidan hujjatlar taqdim qilinishi so‘ralgani, u esa o‘zini Bosh prokuraturaning xodimi sifatida tanishtirgani ko‘rsatilgan. Guvohnomani ko‘rsatgan vaqtida hujjat xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yilgani aks ettirilgan.

Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilganida, haydovchi prokuratura organlari tizimida xizmat qilmacligi va u tomonidan taqdim qilingan guvohnoma qalbaki ekanligi aniqlangan.

Holat bo‘yicha Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi «b» bandi va 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

bош prokuratura, прокuрор, ўзbекистон 24

BP lavhani tayyorlash va ma’lumotlar taqdim qilishga mas’ul bo‘lgan matbuot xizmati holatga to‘liq oydinlik kiritilmasdan, biryoqlama va noxolis taassurot va tushunchalarga sabab bo‘ladigan ma’lumot taqdim qilganini ta’kidlamoqda.

«Bu kabi noxolis ma’lumotlar prokuratura organlari sha’niga putur yetkazadi hamda jamoatchilikda salbiy fikrlar yuzaga keltiradi. Shu bois, ommaviy axborot vositalariga taqdim qilinadigan ma’lumotlarni haqqoniyligini tekshirib, so‘ngra taqdim qilish maqsadga muvofiq», — deyiladi xabarda.