2022 yil davomida respublika bo‘yicha jami 2965 ta jinoyat ishi bo‘yicha 3116 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 110 nafari respublika, 264 nafari viloyat va 2742 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.

Ta’kidlanishicha, jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar quyidagi jinoyatlarni sodir etgan:

  • 2103 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish;
  • 265 nafari mansab mavqeini suiiste’mol qilish;
  • 243 nafari firibgarlik;
  • 169 nafari poraxo‘rlik;
  • 51 nafari mansab soxtakorligi;
  • 22 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash;
  • 14 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish;
  • 249 nafari boshqa jinoyatlar.

бош prokuratura, mansabdor shaxslarning jinoyatи
Infografika: Bosh prokuratura

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 12 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Tergov jarayonida ushbu zararning 847 mlrd so‘mi undirilgan.

Ta’kidlash lozimki, 2021 yilda bu statistika 2804 nafarni tashkil etgandi. O‘shanda davlat va jamiyat manfaatlariga 913,7 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida zararning 714,8 mlrd so‘mi 78,2 foizi undirilgan.