«bosh prokuratura» tegli maqolalar


Toshkentda taqiqda bo‘lgan 2 gektar yerni $800 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
1 aprel 2022, 10:22

Toshkentda taqiqda bo‘lgan 2 gektar yerni $800 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bektemir tumanida taqiqda bo‘lgan 2 gektar yerni 800 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs oldindan 80 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. Uning taqiqni tegishli organlar orqali yechishi va qurilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishiga ishontirgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Talabani zo‘rlashga uringanlikda ayblanayotgan TDPU sobiq dekan o‘rinbosarining ishi sudga oshirildi
29 mart 2022, 15:28

Talabani zo‘rlashga uringanlikda ayblanayotgan TDPU sobiq dekan o‘rinbosarining ishi sudga oshirildi

Prokuratura TDPU kasbiy ta’lim fakultetining sobiq dekan o‘rinbosari Bog‘abek Yuldashevga nisbatan jinoyat ishini sudga yubordi. Unga talabani zo‘rlashga urinish va badanga og‘ir shikast yetkazish aybi qo‘yilgan.

Bosh prokuratura ishda vafot etgan xodimi uchun 951 mln so‘m nafaqa puli to‘laydi
29 mart 2022, 13:43

Bosh prokuratura ishda vafot etgan xodimi uchun 951 mln so‘m nafaqa puli to‘laydi

2021 yilda Bosh prokuratura xodimi Samir Rahmonov 33 yoshida yurak xurujidan vafot etganidan so‘ng uning otasi boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish maqsadida Bosh prokuraturani sudga bergandi. Marhumning otasi ham vafot etgani sababli sud Samirning turmush o‘rtog‘i foydasiga Bosh prokuraturadan 951,2 mln so‘m bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa puli va 20 mln so‘m ma’naviy zararni undirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shuningdek, javobgar 76,6 mln so‘mlik davlat bojini ham to‘laydi.

Toshkentda IIB tergovchisi va profilaktika inspektori pora bilan qo‘lga tushdi
10 mart 2022, 12:00

Toshkentda IIB tergovchisi va profilaktika inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

Poytaxtning Chilonzor tumani IIB tergovchisi jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga chora ko‘rmaslik evaziga 5000 dollar talab qilib, shundan 1000 dollarni olganida ushlandi. Mirobod tumani IIB profilaktika inspektori esa huquqbuzarlikni rasmiylashtirmaslik evaziga 500 dollarni olganida qo‘lga tushgani ma’lum qilindi. Ular hibsga olinib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura tarkibida Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasi tashkil etildi
22 fevral 2022, 16:00

Bosh prokuratura tarkibida Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasi tashkil etildi

Prezident qarori bilan Bosh prokuratura tarkibida Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasi, IIV Tezkor-qidiruv departamentida esa Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘limi tashkil etildi. Yer ajratish to‘g‘risidagi barcha qarorlar xatlovdan o‘tkaziladi.

Shahrixondagi gaz portlashi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11 fevral 2022, 16:59

Shahrixondagi gaz portlashi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi tibbiyot markazida yuz bergan portlash holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda hodisa oqibatida jabrlanganlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda.

Andijonda o‘qituvchilar uzr so‘rashga majburlangan holatni Bosh prokuratura ko‘rib chiqadi
11 fevral 2022, 13:02

Andijonda o‘qituvchilar uzr so‘rashga majburlangan holatni Bosh prokuratura ko‘rib chiqadi

Andijon viloyati Marhamat tumanida o‘qituvchilar ota-onalar oldida uzr so‘rashga majbur qilingan holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi o‘rganish ishlarini yakunladi. Natijada tuman hokimligi tashabbusiga asosan tashkil etilgan mazkur tadbirga qonuniy baho berish uchun hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.

Samarqandda fermer 1 gektar yerni 20 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda
3 fevral 2022, 10:58

Samarqandda fermer 1 gektar yerni 20 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda

Samarqand tumanida fermer o‘ziga qarashli xo‘jalikning sug‘oriladigan yeridan 1 gektarini fuqaroga issiqxona qurish uchun sotish va hujjatlarni tayyorlab berishni kelishib olgani aytilmoqda. Buning evaziga u 20 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Ishni sudga qadar yuritishda yagona tergov axborot tizimi joriy etiladi
31 yanvar 2022, 09:11

Ishni sudga qadar yuritishda yagona tergov axborot tizimi joriy etiladi

Prezident qarori bilan 1 maydan surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish va ishni sudga qadar yuritish bo‘yicha «Elektron surishtiruv va dastlabki tergov» axborot tizimi joriy etiladi. Tizimdagi jismoniy va yuridik shaxslarga oid ma’lumotlar surishtiruv va tergov organlarining so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi.

Daraxt kesilishi bo‘yicha Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18 yanvar 2022, 18:35

Daraxt kesilishi bo‘yicha Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon perinatal markazi hududidagi 12 tup qimmatbaho daraxt kesilgani yuzasidan shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Daraxtlarning qonunga xilof ravishda kesib yuborilganligi oqibatida tabiatga 115,5 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Toshkentda qariyb 5 ming yevrolik soxta tangalar muomalaga kiritilgani aniqlandi
20 dekabr 2021, 11:04

Toshkentda qariyb 5 ming yevrolik soxta tangalar muomalaga kiritilgani aniqlandi

Poytaxtning Mirobod tumanida 4940 yevro miqdoridagi 2470 dona 2 yevrolik tanga bank orqali almashtirilgani, bank xodimlari esa ularni tekshirmasdan qabul qilib olgani aniqlandi. Qashqadaryoda esa 2 bosh qo‘y evaziga berilgan pullarning 20 donasi soxta 100 minglik kupyura ekanligi ma’lum bo‘ldi.

5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgan — Ruslanbek Davletov
17 dekabr 2021, 11:14

5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgan — Ruslanbek Davletov

Poytaxtda o‘tgan konferensiyada adliya vaziri Ruslanbek Davletov so‘nggi 5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor shaxs korrupsiyaviy jinoyatni sodir etganini ma’lum qildi. Shundan eng ko‘pi tuman miqyosidagi amaldorlar hisoblanadi. Vazir shuningdek, bir idorada ham tekshiruvchi, ham tekshiriluvchi bo‘lsa, o‘zaro manfaatlar to‘qnashuvi ortidan qonun buzilishini aytib o‘tdi.

Sirdaryoda fuqaro 20 gektar yerni 70 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi
14 dekabr 2021, 16:27

Sirdaryoda fuqaro 20 gektar yerni 70 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

Sirdaryoda otasining fermer xo‘jaligi yeridan 5 gektarni va uning atrofidagi hujjatsiz yerdan yana 15 gektarni 70 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon universitetida zinadan yiqilib tushgan ayol vafot etdi
11 dekabr 2021, 14:49

Andijon universitetida zinadan yiqilib tushgan ayol vafot etdi

Andijon davlat universiteti binosining to‘rtinchi qavatidan yiqilib tushgan 28 yoshli ayol, voqea sodir bo‘lganidan 5 kun o‘tib, shifoxonada vafot etdi.

Bosh prokuraturaning yana bir boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora olganlikda gumon qilinmoqda
10 dekabr 2021, 09:48

Bosh prokuraturaning yana bir boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora olganlikda gumon qilinmoqda

Bosh prokuraturaning yana bir boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari fuqaroning jinoiy ishini tugatib berishni va’da qilib, undan 3 ming dollar pora olgani aytilmoqda. Unga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bundan avval ham boshqa bir boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora olgani aytilgandi.

Denovdagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
9 dekabr 2021, 15:35

Denovdagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura Denovdagi savdo markazidagi portlash yuzasidan Jinoyat kodeksining mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Biroq, moddalarning aynan qaysi bandlari bilan ish ochilgani ma’lum qilinmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga bir necha soat davomida gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

Xorazmda ayol kishini yo‘lovchi poyezdi urib ketdi
9 dekabr 2021, 12:29

Xorazmda ayol kishini yo‘lovchi poyezdi urib ketdi

Xorazmda 43 yoshli ayol «Istiqlol-Urganch» yo‘nalishida ketayotgan yo‘lovchi poyezdining urib ketishi oqibatida voqea joyida vafot etdi.

Bosh prokuratura Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi
9 dekabr 2021, 11:26

Bosh prokuratura Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi

Bosh prokuratura matbuot kotibi Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga taxminan bino ichida bir necha soat davomida gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Chaqnash oqibatida 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani aytilmoqda. Viloyat hokimi To‘ra Bobolov yetkazilgan zarar davlat tomonidan to‘liq qoplab berilishiga ishontirmoqda.

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
6 dekabr 2021, 19:39

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 29 ming dollar miqdorida pora olgan vaqtida ushlandi. Gumondor ushbu pullarni 2020 yili Olmaliq prokurori sifatida ishlagan vaqtidan beri tanishining tenderda yutishiga yordam berganini aytib, talab qilib kelgan.

Bosh prokuraturaning vafot etgan xodimiga oid sud ishi boshqatdan ko‘rib chiqiladi
6 dekabr 2021, 17:15

Bosh prokuraturaning vafot etgan xodimiga oid sud ishi boshqatdan ko‘rib chiqiladi

Marhum xodimning otasi nafaqa pullarini talab qilib, Bosh prokuratura ustidan apellyatsiya shikoyati kiritgani ma’lum qilingandi. Ish Toshkent shahar FIB sudlov hayatida ko‘rib chiqildi va marhumning otasi boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa olish huquqiga ega emasligi aniqlandi. Ish birinchi instansiya sudiga marhumning turmush o‘rtog‘i ishtirokida ko‘rib chiqish uchun yuborildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting