Andijonning Xo‘jaobod tumanidagi xonadonlarning birida 62 yoshli ayol va 17 yoshli qizning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgani xabar qilingandi. Holat bo‘yicha tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rildi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 25 yanvar kuni kechki payt 30 yoshli erkak ammasidan kredit qarzdorligini to‘lash uchun qarzga pul so‘ragan. Ammasi buni rad etgan. Javobdan jahli chiqqan erkak pulni qo‘lga kiritishni maqsad qilib, ammasi va u bilan yashovchi jiyani (amakisining qizi)ni xo‘jalik pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng u xonadonda bo‘lgan 7 mln so‘m pulni olib, voqea joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.