21 fevral kuni soat 12:10 larda Qarshida 22 yoshli yigit o‘zini yuqori qavatdan tashlab, joniga qasd qildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Alfraganus University oliy ta’lim muassasasining talabasi bo‘lgan yigit Qarshida ota-onasi bilan yashab kelgan uyidan sababsiz chiqib ketgan. U «Navo» mahallasida (Qarshi city) joylashgan ko‘p qavatli uyning 10- qavatidan o‘zini tashlab yuborib, joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazilgan.

Tekshirish davomida 2019 yilda marhum yigit ruhiyatida o‘zgarish bo‘lgani sababli klinikada davolangani, shu davrda ham o‘z joniga qasd qilishga uringani aniqlangan.

Bosh prokuratura tekshirish davom etayotganini qo‘shimcha qildi.