15 fevral kuni Namangan tumanida joylashgan cho‘yan quyish sexidagi parogenerator (avtoklav)da par bosimi ortib ketishi tufayli portlash sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Hodisa oqibatida sexda ishlayotgan 1 nafar ishchi tan jarohati oldi, 2 nafari hodisa joyida halok bo‘ldi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi (Odam o‘lishiga sabab bo‘luvchi mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, yuqorida keltirilgan jinoyatni sodir etish muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.