Sport

Futboldagi korrupsiya haqida gapirgan «Turon» murabbiyi lavozimini tark etdi
14 may 2021, 18:39

Futboldagi korrupsiya haqida gapirgan «Turon» murabbiyi lavozimini tark etdi

Futboldagi korrupsiya haqidagi so‘zlari bilan tanilgan «Turon» futbol klubi bosh murabbiyi Islom Ismoilov «Qizilqum» bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqdi. Uning davrida jamoa ilk bor Superligaga chiqdi, biroq sakkiz tur yakunlari bo‘yicha «Turon» chempionatda oxirgi o‘rinni egallab turibdi.

«Paxtakor» endi to‘liq Toshkent shahar hokimligiga tegishli. Klubga yangi homiylar kelishi aytilmoqda
10 may 2021, 18:30

«Paxtakor» endi to‘liq Toshkent shahar hokimligiga tegishli. Klubga yangi homiylar kelishi aytilmoqda

«Paxtakor» futbol klubi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar o‘ntaligida 8-o‘rinni egalladi. Ijtimoiy tarmoqlarda jamoaning davlat byudjetidan pul olishi so‘raldi. Klub bergan bayonotda buni rad etib, «SFI Management Group» tomonidan moliylashtirilishini qayd etdi. 30 apreldagi hukumat qaroriga asosan jamoaning ulushlari to‘liq Toshkent shahar hokimligiga tegishli. Bu haqida batafsil Og‘abek Samisov maqolasida.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
8 may 2021, 16:04

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

Futbol bo‘yicha YeCHL va YeL musobaqasida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi, o‘zbekistonlik bokschi 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi, Tokio-2020 oldidan O‘zbekiston delegatsiyasini koronavirusga qarshi emlash boshlandi va boshqa eng muhim xabarlar — «Gazeta.uz» haftalik sport yangiliklari dayjestida.

«Nasaf» hakamlarni moddiy manfaatdor qilish evaziga o‘z tomoniga og‘dirishga uringani uchun jarimaga tortildi
7 may 2021, 15:00

«Nasaf» hakamlarni moddiy manfaatdor qilish evaziga o‘z tomoniga og‘dirishga uringani uchun jarimaga tortildi

«Nasaf» futbol klubi 50 million so‘mga jarimaga tortildi. Bunga klub 2020 yil futbol mavsumida hakamlarni o‘z tomoniga moddiy manfaatdor qilish evaziga og‘dirishga uringanligi sabab etib ko‘rsatildi.

Tokio-2020 oldidan O‘zbekiston delegatsiyasini COVID-19`ga qarshi emlash boshlandi
7 may 2021, 13:35

Tokio-2020 oldidan O‘zbekiston delegatsiyasini COVID-19`ga qarshi emlash boshlandi

Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarini COVID-19`ga qarshi emlash jarayoni boshlandi. Ularga «Sputnik V» vaksinasi qilinmoqda. Jami 250 nafar sportchi va murabbiylar emlanishi reja qilingan.

Tokio Olimpiadasi ishtirokchilarini COVID-19`ga qarshi emlashadi
7 may 2021, 12:38

Tokio Olimpiadasi ishtirokchilarini COVID-19`ga qarshi emlashadi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Pfizer va BioNTech bilan Tokio Olimpiadasi ishtirokchilariga vaksinalarni yetkazib berish to‘g‘risida memorandum imzoladi.

«Paxtakorni tvitterda tortishishsin deb qo‘shishgan» — Twitter foydalanuvchilari «Paxtakor» klubining 82,7 mlrd zarar ko‘rgani haqida
6 may 2021, 17:05

«Paxtakorni tvitterda tortishishsin deb qo‘shishgan» — Twitter foydalanuvchilari «Paxtakor» klubining 82,7 mlrd zarar ko‘rgani haqida

Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan 10 ta davlat korxonalari reytingiga kirdi. Klub o‘tgan yilda 82,7 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Twitter tarmog‘ida ushbu holat yuzasidan turli xil fikrlar bildirildi. «Paxtakor» futbol klubi oxirgi yillarda davlat byudjetidan mablag‘ olmaganligini ta’kidladi.

Chempionlar ligasi finalida uchinchi marotaba faqat ingliz jamoalari o‘ynaydi
6 may 2021, 11:10

Chempionlar ligasi finalida uchinchi marotaba faqat ingliz jamoalari o‘ynaydi

Yevropa Chempionlar ligasi finalida Angliyaning «Manchester Siti» hamda «Chelsi» jamoalari chempionlik uchun kurash olib boradi. O‘yin 29 may kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.

Doping sababli butun umrga diskvalifikatsiya qilingan sportchilar
5 may 2021, 18:16

Doping sababli butun umrga diskvalifikatsiya qilingan sportchilar

Doping olamshumul g‘alabalarga olib kelishiga qaramasdan, chempionlarni uzoq muddatga, ba’zi hollarda butun umrga sportda ishtirok etishdan mahrum qilishi mumkin. Jahon sportida doping sababli umrbod diskvalifikatsiya qilingan eng mashhur sportchilar va o‘zbek sportchilari orasida taqiqlangan moddalarning aniqlanishi haqida qisqacha ma’lumotlar.

Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tadi
5 may 2021, 17:24

Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tadi

May oyi oxirida Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar litsenzion turnirlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
4 may 2021, 15:32

Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga barcha milliy va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlarga pul mukofoti beriladi
4 may 2021, 11:57

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlarga pul mukofoti beriladi

Yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchilar va ularning trenerlariga bir martalik pul mukofotlari beriladi. Bundan taqshari, nufuzli musobaqalar g‘oliblari uchun 5 mlndan 7 mln so‘mgacha bo‘lgan stipendiyalar joriy etiladi. Bu boradagi taqdimot dushanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan.

Prezident Olimpiadaga tayyorgarlikni qoniqarsiz deb baholadi
4 may 2021, 09:15

Prezident Olimpiadaga tayyorgarlikni qoniqarsiz deb baholadi

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni tanqid qildi. U yo‘llanmalar sonini oshirish uchun sportchilar va ularning jamoalarini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
1 may 2021, 16:31

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

O‘zbekiston klublarining Osiyo Chempionlar ligasida ishtiroki, YeCHL va YeL musobaqasida yarim final uchrashuvlari, o‘zbekistonlik bokschi qizga sovg‘a qilingan Nexia-3 avtomobili va boshqa eng muhim xabarlar — «Gazeta.uz» haftalik sport yangiliklari dayjestida.

AGMK OCHLning 6-turida «Istiqlol» ustidan g‘alabaga erishdi
1 may 2021, 16:25

AGMK OCHLning 6-turida «Istiqlol» ustidan g‘alabaga erishdi

AGMK jamoasi OCHL guruh bosqichidagi 6-tur uchrashuvini «Istiqlol» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 1:2 hisobi qayd etildi va unda O‘zbekiston jamoasining qo‘li baland keldi.

«Paxtakor» OCHLning 6-turida «Eyr Fors» ustidan g‘alabaga erishdi
30 aprel 2021, 10:19

«Paxtakor» OCHLning 6-turida «Eyr Fors» ustidan g‘alabaga erishdi

«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichidagi 6-tur uchrashuvini «Eyr Fors» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 1:0 hisobi qayd etildi va unda O‘zbekiston jamoasining qo‘li baland keldi. Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi Tojikistonning «Istiqlol» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro ligasiga Volkswagen homiylik qiladi
29 aprel 2021, 12:11

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro ligasiga Volkswagen homiylik qiladi

Volkswagen brendi futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro ligasi o‘z homiysiga aylanadi. Volkswagen barcha translyatsiyalar, tijorat bannerlari, shuningdek reklama va media-mahsulotlardan o‘rin egallaydi.

«PSJ» — «Manchester Siti». Yevropa Chempionlar ligasi yarim final o‘yiniga prevyu
28 aprel 2021, 16:53

«PSJ» — «Manchester Siti». Yevropa Chempionlar ligasi yarim final o‘yiniga prevyu

28 apreldan 29 aprelga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasining yarim final uchrashuvlari dastlabki o‘yinlari doirasida «PSJ» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasida futbol bahsi bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.

AGMK OCHLning 5-turida mag‘lub bo‘lib, guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi
28 aprel 2021, 09:45

AGMK OCHLning 5-turida mag‘lub bo‘lib, guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi

AGMK futbolk jamoasi OCHL guruh bosqichida 5-tur uchrashuvni «Al Hilol» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 0:3 hisobi qayd etildi va unda «Al Hilol» g‘alabaga erishdi.

«Real Madrid» — «Chelsi». Yevropa Chempionlar ligasi yarim final o‘yiniga prevyu
27 aprel 2021, 15:57

«Real Madrid» — «Chelsi». Yevropa Chempionlar ligasi yarim final o‘yiniga prevyu

27 apreldan 28 aprelga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasining yarim final uchrashuvlari dastlabki o‘yinlari doirasida «Real Madrid» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasida futbol bahsi bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting