Tarixda ilk bor futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro ligasi o‘z homiysiga ega bo‘ladi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu PFL, “Jizzax Avto” va UZREPORT TV o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomadan so‘ng amalga oshirildi. Hujjatga ko‘ra, Volkswagen brendi barcha translyatsiyalar, tijorat bannerlari, shuningdek reklama va media-mahsulotlardan o‘rin egallaydi.

Volkswagen shuningdek yozda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining rasmiy homiysi hisoblanadi. Kompaniya Germaniya, Rossiya va boshqa bir qator mamlakatlarning milliy futbol ligalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Ma’lumot uchun, fo‘tbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasiga 2019 yildan beri Coca-Cola kompaniyasi hamkorlik qiladi.