Yakunlanayotgan hafta davomida O‘zbekiston va jahonda sport sohasida qator voqea-hodisalar sodir bo‘ldi. «Gazeta.uz» ushbu hodisalarning eng muhimlaridan haftalik sport yangiliklari dayjestini tayyorladi. Haftaning eng muhim xabarlari bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

3 may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo boks konfederatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi a’zosi, Osiyoda boksni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash fondi rahbari Saken Polatov Osiyo boks konfederatsiyasining vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

4 may kuni O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev 2020 yil 16 fevraldan boshlab 2024 yil 15 fevralga qadar barcha sport musobaqalarida (milliy va xalqaro chempionatlar, turli o‘yinlar v.x.k) ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.

4−5 may kunlari oqshomida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasi o‘yinlarining yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi. Ikki o‘yindan iborat mazkur bosqichda finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. YeCHL finaliga «Manchester Siti» hamda «Chelsi» jamoalari yo‘l olishdi. Final bahsi esa 29 may kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston MTJ 29 may kuni Avstraliya bilan o‘ynaydi, deya xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati. 28 may sanasida MTJ delegasiyasi BAAga jo‘nab ketadi va 29 may kuni Dubay shahrida Avstraliya milliy terma jamoasi bilan nazorat o‘yinini o‘tkazadi.

6 may oqshomida Yevropa ligasining yarim final o‘yinlari yakuniga yetdi. Unda «Manchester Yunayted» «Roma»ni (umumiy 8:5) «Vilyarreal» esa «Arsenal»ni (umumiy 2:1) dog‘da qoldirib, turnirning hal qiluvchi bahslariga yo‘llanma oldi. Shu orqali Polshaning Gdansk shahrida bo‘ladigan finalda ispan va ingliz jamoalari to‘qnash keladigan bo‘ldi. Yevropa ligasi finali 26 may kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Superligasida 7-tur uchrashuvlari yakunlandi. Mazkur turdan keyingi natijalar bilan tanishing:

Foto: O‘zPFL matbuot xizmati

7-turdan keyingi turnir jadvali bilan tanishing:

Foto: O‘zPFL matbuot xizmati

«Nasaf» futbol klubi 50 mln so‘mga jarimaga tortildi. Bunga klub 2020 yil futbol mavsumida hakamlarni o‘z tomoniga moddiy manfaatdor qilish evaziga og‘dirishga uringanligi sabab qilib ko‘rsatildi.

O‘zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangini 19 iyun kuni argentinalik Sezar Migel Barrionuyevoga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahs AQSHda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

6 may kuni Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarini COVID-19`ga qarshi emlash jarayoni boshlandi. Ular «Sputnik V» vaksinasini qabul qilmoqda. Jami 250 nafar sportchi va murabbiylar emlanishi reja qilingan.