Sport

Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 8 ta medalni qo‘lga kiritdi
29 avgust 2022, 20:35

Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

Sarayevoda bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Dzyudochilar jamoaviy bahslarda ham qatnashib, o‘z tarixida ilk marta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Boks bo‘yicha milliy terma jamoaga kubalik mutaxassislar jalb qilindi
27 avgust 2022, 12:24

Boks bo‘yicha milliy terma jamoaga kubalik mutaxassislar jalb qilindi

O‘zbekiston boks terma jamoasining yangi murabbiylar shtabida endi federatsiya maslahatchisi, jamoa katta murabbiyi, murabbiy, trener-fizioterapevti lavozimlarida kubaliklar faoliyat olib boradi. Tajribali murabbiy Rahmatjon Ro‘zioxunov esa murabbiylar shtabidagi ishini davom ettirishi ma’lum bo‘ldi.

Taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yoshlar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi
26 avgust 2022, 14:31

Taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yoshlar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Vetnamda bo‘lib o‘tayotgan kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani yangiladi.

Ravshan Ermatov Rossiya futbol hakamlari komissiyasi a’zosi bo‘ldi
25 avgust 2022, 12:42

Ravshan Ermatov Rossiya futbol hakamlari komissiyasi a’zosi bo‘ldi

O‘zbekistonlik sobiq futbol hakami Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqining hakamlar komissiyasi a’zosi bo‘ldi. U Rossiya futbolida hakamlar bo‘yicha ekspertlik qiladi.

O‘zbekistonlik para-taekvondochilar Osiyo chempionatida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi
24 avgust 2022, 11:58

O‘zbekistonlik para-taekvondochilar Osiyo chempionatida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Vetnamning Xoshimin shahrida o‘tkazilgan para-taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, jamoaviy hisobda Erondan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.

MMA bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCHda O‘zbekiston 13 ta medalni qo‘lga kiritdi
23 avgust 2022, 14:54

MMA bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCHda O‘zbekiston 13 ta medalni qo‘lga kiritdi

Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan aralash jang san’atlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston 158 ta medal bilan Islom birdamligi o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi
19 avgust 2022, 11:00

O‘zbekiston 158 ta medal bilan Islom birdamligi o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi

18 avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan V Islom birdamligi o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston termasi jami 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, jamoaviy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Islom birdamligi o‘yinlari sovrindorlariga $5 minggacha pul mukofoti beriladi
18 avgust 2022, 20:06

Islom birdamligi o‘yinlari sovrindorlariga $5 minggacha pul mukofoti beriladi

Islom birdamligi o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarga «oltin» uchun 5 ming, «kumush» uchun 3 ming va bronza medal uchun 2 ming dollar beriladi. Sportchilarning murabbiylariga esa mos ravishda 2,5 ming, 1,5 ming va 1000 dollardan topshiriladi.

O‘zbekistonlik atletlar Islom birdamligi o‘yinlarida yana 21 ta medalni qo‘lga kiritdi
18 avgust 2022, 17:27

O‘zbekistonlik atletlar Islom birdamligi o‘yinlarida yana 21 ta medalni qo‘lga kiritdi

Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi yana 6 ta oltin, 6 ta kumush va 9 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. O‘yinlarning navbatdagi kunida Oksana Chusovitina boshchiligidagi sport gimnastikachilari kumush medalga sazovor bo‘ldi.

«Men jamoamizga yetarlicha baho berilmadi, deb o‘ylagandim va haq bo‘lib chiqdim» — shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiysi
17 avgust 2022, 15:03

«Men jamoamizga yetarlicha baho berilmadi, deb o‘ylagandim va haq bo‘lib chiqdim» — shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiysi

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiysi Ivan Sokolov Chess.com sayti bilan intervyuda grossmeysterlik va murabbiylik faoliyati, Chennay Olimpiadasida g‘olib bo‘lgan yosh o‘zbek vunderkindlari bilan ishlash to‘g‘risida hikoya qildi, o‘zbek shaxmatchilari uslublariga o‘ziga xos baho berdi.

O‘zbekistonlik sportchilar Islom birdamligi o‘yinlarida yana 22 ta medalni qo‘lga kiritdi
16 avgust 2022, 16:40

O‘zbekistonlik sportchilar Islom birdamligi o‘yinlarida yana 22 ta medalni qo‘lga kiritdi

Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari yana 10 ta oltin, 4 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ikki kurashda 446 kg tosh ko‘targan og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev o‘yinlarning mutlaq chempioniga aylandi.

O‘zbekistonlik atletlar Islom birdamligi o‘yinlarida yana 50 ta medalni qo‘lga kiritdi
15 avgust 2022, 20:09

O‘zbekistonlik atletlar Islom birdamligi o‘yinlarida yana 50 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston sportchilari Islom birdamligi o‘yinlarida turli sport yo‘nalishlarida yana 50 ta medalni — 19 ta oltin, 14 ta kumush va 17 ta bronza qo‘lga kiritdi. Og‘ir atletikachilar Sarvar Zafarjonov va Tursunoy Jabborova eng yaxshi natija ko‘rsatib, musobaqaning mutlaq chempioni bo‘ldi.

O‘zbekiston dzyudochilari jahon chempionatida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi
15 avgust 2022, 19:47

O‘zbekiston dzyudochilari jahon chempionatida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

Ekvadorda dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik dzyudochilar 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston termasi Islom birdamligi o‘yinlarida qo‘shimcha 14 ta medalga sazovor bo‘ldi
12 avgust 2022, 17:24

O‘zbekiston termasi Islom birdamligi o‘yinlarida qo‘shimcha 14 ta medalga sazovor bo‘ldi

Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sportning turli yo‘nalishlarida yana 14 ta — 5 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston termasi Islom birdamligi o‘yinlarida yana 21 ta medalni qo‘lga kiritdi
11 avgust 2022, 19:28

O‘zbekiston termasi Islom birdamligi o‘yinlarida yana 21 ta medalni qo‘lga kiritdi

Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari sportning turli yo‘nalishlarida yana 21 ta — 5 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Foto, Video: Toshkent shaxmat olimpiadasi chempionlarini qanday kutib oldi?
11 avgust 2022, 09:51

Foto, Video: Toshkent shaxmat olimpiadasi chempionlarini qanday kutib oldi?

Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari Toshkent aeroportida kutib olindi. Chempionlarga 600 mln so‘mdan pul mukofoti va Equinox avtomobili topshirildi.

Vohidov shaxmat Olimpiadasining oltin, Abdusattorov kumush, Yakubbayev bronza medalini qo‘lga kiritdi
9 avgust 2022, 22:04

Vohidov shaxmat Olimpiadasining oltin, Abdusattorov kumush, Yakubbayev bronza medalini qo‘lga kiritdi

Hindistonda bo‘lib o‘tgan shaxmat Olimpiadasida har bir doskaning eng yaxshilariga individual mukofotlar ham topshirildi. Jahongir Vohidov to‘rtinchi doskada oltin, ikkinchi doskada Karlsenni ortda qoldirgan Nodirbek Abdusattorov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Nodirbek Yakubbayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston tarixda ilk bor shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘ldi
9 avgust 2022, 14:38

O‘zbekiston tarixda ilk bor shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

Butunjahon shaxmat olimpiadasining final bosqichida O‘zbekiston Gollandiya terma jamoasini mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. Hal qiluvchi bahsda Jahongir Vohidov raqibini mag‘lubiyatga uchratib, terma jamoaga Olimpiadaning ilk oltin medalini keltirdi.

O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida Hindiston-2 bilan durang o‘ynadi va peshqadamlikni saqlab qoldi
8 avgust 2022, 21:00

O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida Hindiston-2 bilan durang o‘ynadi va peshqadamlikni saqlab qoldi

Shaxmat Olimpiadasining 10-turida O‘zbekiston Hindiston-2 bilan durang o‘ynab, musobaqa tugashiga bir tur qolganda turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Nodirbek Abdusattorov Gukesh Dommarajudan o‘yin oxirida g‘alabani tortib olib, raqibiga ilk mag‘lubiyatni taqdim etishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi
8 avgust 2022, 18:51

O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi

Nur-Sultonda dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi to‘qqizta sovrinni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting