Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar o‘ntaligini e’lon qildi. Mazkur ro‘yxatning 8-pog‘onasida Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi o‘rin oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa 2020 yilda 82,7 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.

Mazkur statistika haqida ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan Twitter tarmog‘ida turli fikr-mulohazalar bildirildi. Ushbu fikrlardan eng ko‘pi «Paxtakor» jamoasi haqida bo‘ldi.

Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev Xalq ta’lim vaziri 3007 ta maktabda sharoit yo‘qligi uchun byudjetdan ta’lim uchun ko‘proq pul berishni iltimos qilganini esladi:

«Paxtakor»ning «xalq jamoasi» deyilishi mazkur holatda ham talqin qilinmoqda:

Yuqoridagi tvit ostida esa e’tirozlar ham mavjud. Boshqa bir huquqshunos Furqat Tojiyevning fikri:

Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev biror fikr bildirishdan avval klubning o‘zidan so‘rash kerakligiga iddao qilmoqda:

Iqtisodchi Otabek Bakirov esa O‘zbekistonda birorta ham xususiy futbol klubi yo‘qligini aytdi:

Izohsiz:

Mazkur tvit ostida esa «Paxtakor»ning byudjetdan pul olmasligi haqida tushuntirish berishgan:

Aytishlaricha, «Paxtakor»ni mazkur ro‘yxatga Twitter’da muhokama bo‘lishi uchun «qo‘shishgan ekan»:

Foydalanuvchilardan biri Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’lumotlari noto‘g‘ri bo‘lsa «Paxtakor» futbol klubi ularni sudga berishi mumkinligini ta’kidladi:

Ma’lumot uchun, «Paxtakor» futbol klubi mazkur holat bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

«Paxtakor futbol klubi» MCHJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi 3227-sonli «Paxtakor» futbol klubining moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, investitsiya shartlarini bajargan holatda 80 foiz ulushi «SFI Management Group» MCHJga o‘tishi va klubning ustav fondidagi 20 foiz ulushini Toshkent shahar hokimligida saqlab qolish to‘g‘risidagi taklif ma’qullangan.

Shu vaqtdan buyon «Paxtakor» futbol klubi byudjeti to‘lig‘icha «SFI Management Group» MCHJ tomonidan shakllantirib kelingan.

«Paxtakor» futbol klubi o‘tgan yillar mobaynida davlat byudjetidan umuman mablag‘ olmaganligini ma’lum qilamiz", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, futbol klubi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tarqatish uchun tayyorlagan ma’lumotlarining to‘g‘ri va xolis ekani bo‘yicha majburiyatga egaligini unutmasligi lozimligini eslatib o‘tdi.