«Nasaf» futbol klubi jarimaga tortildi, deya xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida «Nasaf» professional futbol klubiga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.

«Nasaf» PFK vakili tomonidan klub manfaatini ko‘zlab, 2020 yil futbol mavsumida hakamlarni o‘z tomoniga moddiy manfaatdor qilish evaziga og‘dirishga uringani uchun O‘FA intizom kodeksining 5.26 bandiga muvofiq (hakamlar, inspektorlar, musobaqa ishtirokchilarini pora berib sotib olishga uringani yoki sotib olgani, shuningdek uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ta’sir o‘tkazgani uchun) futbol klubi 50 mln so‘mga jarimaga tortildi.

«Mazkur qaror O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi», — deyiladi xabarda.