Sport

Yevro-2020. Belgiya — Italiya, Ukraina — Angliya. Musobaqaning ¼ final juftliklari aniqlandi
30 iyun 2021, 10:50

Yevro-2020. Belgiya — Italiya, Ukraina — Angliya. Musobaqaning ¼ final juftliklari aniqlandi

Yevropa chempionatining nimchorak final uchrashuvlari yakuniga yetdi va chorak final juftliklari nomi aniq bo‘ldi. Chorak final o‘yinlari 2 va 3 iyul kunlari o‘tkaziladi. Mazkur bosqichdagi qarama-qarshiliklar orasida Belgiya — Italiya, Ukraina — Angliya bahslari o‘rin olgan.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
27 iyun 2021, 17:41

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida yuzaga keladigan tanaffus, prezidentning o‘zbekistonlik sportchilarning Olimpiada o‘yinlaridagi ishtiroki to‘g‘risidagi qarori, Oksana Chusovitinadan yana bir oltin medal — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.

Oksana Chusovitina Doxada oltin medalni qo‘lga kiritdi
26 iyun 2021, 12:39

Oksana Chusovitina Doxada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida 46 yoshli Oksana Chusovitina sakrash yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Prezident Olimpiada uchun sportchilarning kiyimlari va anjomlarini tendersiz sotib olishga ruxsat berdi
26 iyun 2021, 00:39

Prezident Olimpiada uchun sportchilarning kiyimlari va anjomlarini tendersiz sotib olishga ruxsat berdi

Prezident farmoni bilan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida sport anjomlari va delegatsiya formasini, jihozlarini sotib olish bo‘yicha shartnomalar, shuningdek sport bazalarini ijaraga berish shartnomalarini elektron savdolar va tanlovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzishga ruxsat berildi. Bundan tashqari, e’lonlarni davlat xaridlari portalida joylashtirmaslikka ham ruxsat beriladi.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga $200 ming beriladi
25 iyun 2021, 16:45

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga $200 ming beriladi

Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Prezident qaroriga ko‘ra, oltin medal uchun 200 ming, kumush medal uchun 100 ming va bronza medal uchun 50 ming AQSh dollari beriladi.

Dilshod Choriyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
24 iyun 2021, 16:59

Dilshod Choriyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekistonlik sambochi Dilshod Choriyev 4 yilga barcha milliy va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.

Yevro-2020. Belgiya — Portugaliya, Angliya — Germaniya. Musobaqaning 1/8 final juftliklari aniqlandi
24 iyun 2021, 12:02

Yevro-2020. Belgiya — Portugaliya, Angliya — Germaniya. Musobaqaning 1/8 final juftliklari aniqlandi

Yevropa chempionatining guruh bosqich uchrashuvlari yakuniga yetdi va nimchorak final juftliklari nomi aniq bo‘ldi. Nimchorak final o‘yinlari 26, 27, 28 hamda 29 iyun kunlari o‘tkaziladi. Mazkur bosqichdagi qarama-qarshiliklar orasida Belgiya — Portugaliya, Angliya — Germaniya bahslari o‘rin olgan.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
20 iyun 2021, 17:07

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqa olmagani, “Paxtakor” jamoasining futbolchi va rahbariyati maoshlari ochiqlanishi, O‘FAning navbatdan tashqari hisobot kongressi, Bektemir Meliqo‘ziyevning nokautga uchrashi — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.

Bektemir Meliqo‘ziyev nokautga uchradi
20 iyun 2021, 12:18

Bektemir Meliqo‘ziyev nokautga uchradi

O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev AQShda faoliyatidagi navbatdagi jangini Gabriel Rosadoga qarshi o‘tkazdi. Mazkur jangda Rosado Meliqo‘ziyevni nokautga uchratdi.

O‘FA terma jamoa mag‘lubiyatini alohida ko‘rib chiqib, hisobot beradi
19 iyun 2021, 19:59

O‘FA terma jamoa mag‘lubiyatini alohida ko‘rib chiqib, hisobot beradi

O‘FA kongressida O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqa olmagani sabablari muhokama qilindi. O‘FA rahbariyati terma jamoa mag‘lubiyatini alohida ko‘rib chiqib, hisobot berishini ma’lum qildi.

«Ayrimlar futbolni biznes qilib yubordi» — Abdusalom Azizov
19 iyun 2021, 18:00

«Ayrimlar futbolni biznes qilib yubordi» — Abdusalom Azizov

O‘FA rahbari Abdusalom Azizov futbolda ko‘p narsa yo‘qotilgani, ayrim insonlar buni biznes qilib yuborganini ta’kidladi. Shuningdek, O‘FA rahbari boshqa futbol klublarining maoshlarini ham ochiqlashi haqida aytib o‘tdi.Mana, kecha «Paxtakor» klubi maoshlarini ochiqladik, boshqa klublarning ham maoshlarini ochiqlaymiz", — deya ma’lum qildi u.

Vadim Abramov iste’foga chiqarildi, Odil Ahmedov terma jamoadan ketdi
19 iyun 2021, 16:38

Vadim Abramov iste’foga chiqarildi, Odil Ahmedov terma jamoadan ketdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vadim Abramov iste’foga chiqarildi. Jamoa sardori Odil Ahmedov esa terma jamoadagi faoliyatini yakunalaganini e’lon qildi. «Asosiy muammolarimizdan biri bolalar futbolini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganmiz. Fundament bo‘lmaganidan keyin natija ham bo‘lmaydi», — dedi u.

O‘zbekistonlik taekvondochilar Osiyo chempionatida rekordni yangilashdi
18 iyun 2021, 17:41

O‘zbekistonlik taekvondochilar Osiyo chempionatida rekordni yangilashdi

O‘zbekistonlik taekvondochilar Osiyo chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza jami 10 ta medalni qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatishdi. Bunga qadar O‘zbekiston tarixida hech qachon bitta Osiyo chempionatida 10 ta medal qo‘lga kiritilmagan edi.

«Paxtakor» o‘yinchilari va klub xodimlarining daromadlari bo‘yicha ma’lumot berildi
18 iyun 2021, 15:15

«Paxtakor» o‘yinchilari va klub xodimlarining daromadlari bo‘yicha ma’lumot berildi

«Paxtakor» futbol klubi asosiy tarkibidagi futbolchilar, asosiy jamoa murabbiylar shtabi va klub rahbariyatining yillik maosh va daromadlari aks ettirilgan ma’lumotni taqdim etdi. Klub bosh murabbiyi yiliga 350 ming yevro ishlab topsa, futbolchilar ichida eng ko‘p daromadni shveysariyalik legioner Eren Derdiyok topadi — yiliga 1 mln 300 ming yevro.

O‘zbekistonda kamondan otish rivojlantiriladi
18 iyun 2021, 11:24

O‘zbekistonda kamondan otish rivojlantiriladi

Prezident qarori bilan mamlakatda kamondan otish rivojlantirilib, ommalashtiriladi. Toshkentda har yili «Alpomish va Barchinoy», Samarqandda — «To‘maris kubogi» musobaqalari, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand va Xivada — «Turizm va kamondan o‘q otish haftaligi» o‘tkaziladi.

«Paxtakor» futbolchilarining oyligi va boshqa hisobotlar klub rasmiy manbalarida e’lon qilib boriladi
18 iyun 2021, 10:39

«Paxtakor» futbolchilarining oyligi va boshqa hisobotlar klub rasmiy manbalarida e’lon qilib boriladi

«Paxtakor» homiylari tomonidan ajratilgan 22 mlrd so‘m hisobidan klubning yig‘ilib qolgan qarzdorliklari yopildi. Endilikda jamoaning moliyaviy hisobotlari, futbolchilar ishlab topadigan mablag‘lar va mukofot pullari klub rasmiy manbalarida e’lon qilib boriladi.

«Yangi O‘zbekistonning mutlaqo yangi natijasi bo‘ldi» — Twitter foydalanuvchilari O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqa olmagani haqida
16 iyun 2021, 09:28

«Yangi O‘zbekistonning mutlaqo yangi natijasi bo‘ldi» — Twitter foydalanuvchilari O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqa olmagani haqida

O‘zbekiston terma jamoasi 2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga chiqa olmadi. Vadim Abramov shogirdlari saralash o‘yinlarining 2-bosqichida qolib ketishdi. «Gazeta.uz» Twitter foydalanuvchilarining ushbu holat yuzasidan bildirgan ayrim fikr-mulohazalarini taqdim etadi.

“Muxlislarning ishonchini oqlay olmaganimiz uchun uzr so‘rayman”. Vadim Abramov O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni o‘yini haqida
16 iyun 2021, 01:34

“Muxlislarning ishonchini oqlay olmaganimiz uchun uzr so‘rayman”. Vadim Abramov O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni o‘yini haqida

“Futbolchilarni psixologik tushkunlik holatidan chiqara olmaganim mening xatoyim”, — deydi futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida. U muxlislarning ishonchini oqlolmagani uchun uzr so‘radi.

O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga yutqazib, Jahon chempionatidan quruq qoldi
16 iyun 2021, 00:58

O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga yutqazib, Jahon chempionatidan quruq qoldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdagi gollarga Salman Alfaraj va Ali Alhassan mualliflik qilishdi. 25, 33 va 52-daqiqada urilgan gollar saudiyaliklarga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi 3-saralash bosqichiga o‘tolmadi va Jahon chempionatidan quruq qoldi.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
13 iyun 2021, 14:05

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2020 saralashidagi o‘yinlari, Shohjahon Ergashevning antiqa g‘alabasi, Yevropa chempionati va uning atrofidagi jarayonlar, hokkey bo‘yicha Kanadaning Jahon chempionligi — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting