Sport

Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
4 avgust 2022, 21:46

Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Nur-Sultonda bo‘lib o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova oltin, Muhriddin Tilovov va Nilufar Ermaganbetova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shaxmat olimpiadasi 6-turi: O‘zbekiston Hindiston bilan durang o‘ynadi
4 avgust 2022, 00:48

Shaxmat olimpiadasi 6-turi: O‘zbekiston Hindiston bilan durang o‘ynadi

Shaxmat olimpiadasining oltinchi turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston bilan durang o‘ynab, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa pastladi. Ayollar jamoasi esa Shotlandiyani mag‘lub etib, 37-o‘ringa ko‘tarildi.

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston Slovakiyani mag‘lub etdi
3 avgust 2022, 09:37

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston Slovakiyani mag‘lub etdi

Shaxmat olimpiadasining 5-turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Slovakiyani 4:0 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Nodirbek Abdusattorov besh uchrashuvda beshta g‘alaba bilan musobaqaning eng samarali o‘yinchilaridan biri bo‘lib turibdi. Ayollar jamoasi Vetnamga imkoniyatni boy berdi.

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston AQSh bilan durang o‘ynadi
2 avgust 2022, 10:13

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston AQSh bilan durang o‘ynadi

Hindistonda o‘tkazilayotgan shaxmat olimpiadasining to‘rtinchi turida O‘zbekiston jamoasi musobaqa favoriti — jahon reytingida top-10likdagi shaxmatchilardan iborat AQSh jamoasi bilan durang o‘ynadi. O‘zbekistonlik qizlar esa hozirgacha uch g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi.

Laylo Hasanova Bolgariyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida eng yaxshi taekvondochi deb topildi.
1 avgust 2022, 21:13

Laylo Hasanova Bolgariyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida eng yaxshi taekvondochi deb topildi.

Bolgariyada taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida musobaqa tashkilotchilari o‘zbekistonlik Laylo Hasanovani eng yaxshi taekvondochi qiz, deb e’tirof etdi. U jahon chempioni bo‘ldi, yana 9 nafar sportchi terma jamoa hisobiga 1 kumush va 8 bronza medalini yozdirib qo‘ydi.

O‘zbekiston ilk bor stenddan o‘q otish bo‘yicha OCH g‘olibligini qo‘lga kiritdi
1 avgust 2022, 15:33

O‘zbekiston ilk bor stenddan o‘q otish bo‘yicha OCH g‘olibligini qo‘lga kiritdi

Shohruh Sadirov Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan stenddan o‘q otish bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston uchun ushbu sport turi bo‘yicha qit’a chempionatidagi ilk bosh sovrin hisoblanadi.

Boks: Elnur Abduraimov Leonel Morenoni nokautga uchratdi
30 iyul 2022, 21:07

Boks: Elnur Abduraimov Leonel Morenoni nokautga uchratdi

O‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov AQShda meksikalik Leonel Morenoni nokautga uchratib, vakant bo‘lgan IBF North American kamari sohibiga aylandi. O‘zbekistonlik sportchi shu vaqtga qadar mag‘lubiyatga uchramagan va g‘alabalarining 90 foizini muddatidan oldin yakunlagan.

Aytjan Xalmaxanov — sport kurashlari bo‘yicha jahon chempioni
28 iyul 2022, 11:33

Aytjan Xalmaxanov — sport kurashlari bo‘yicha jahon chempioni

Rimda bo‘lib o‘tayotgan yunon-rum kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik atletlar Aytjan Xalmaxanov oltin, Shahzod Ro‘zioxonov kumush, Xurshidbek Normuhammadov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Nigora Suvonova — og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni
25 iyul 2022, 12:06

Nigora Suvonova — og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Nigora Suvonova (-81 kg) Osiyo chempionatining barcha turdagi dasturlari bo‘yicha 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa hisobiga yana 19 ta medalni Madina Fayzullayeva, Sharofiddin Amriddinov, Qudratbek Salimjonov, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqovalar olib kelishdi.

O‘zbek dzyudochilari Osiyo chempionatida yana oltita medalni qo‘lga kiritishdi
21 iyul 2022, 13:17

O‘zbek dzyudochilari Osiyo chempionatida yana oltita medalni qo‘lga kiritishdi

Bangkokda bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik dzyudochilar 3 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston ayollar jamoasi futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi
21 iyul 2022, 09:20

O‘zbekiston ayollar jamoasi futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi

Tojikistonda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik futbolchilar ketma-ket ikkinchi bor musobaqa g‘olibiga aylandi. O‘zbekiston ayollar jamoasi hal qiluvchi bahsda Eron ayollar MTJsini 1:0 hisobida mag‘lub etdi — foto, video.

Osiyo o‘yinlari 2023-yilda o‘tkaziladi
20 iyul 2022, 10:48

Osiyo o‘yinlari 2023-yilda o‘tkaziladi

2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari yana bir yilga qoldirildi.

Og‘ir atletika bo‘yicha 2024 yilgi Osiyo chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tadi
18 iyul 2022, 19:44

Og‘ir atletika bo‘yicha 2024 yilgi Osiyo chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tadi

2024 yilda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilish uchun Toshkent tanlandi, bu O‘zbekistonga Parij Olimpiadasiga litsenziya ochkolarini taqdim etadi.

O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 ga kirdi
17 iyul 2022, 17:40

O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 ga kirdi

Jahon shaxmat reytingida o‘zbekiston ilk bor kuchli yigirmatalikka kirdi. Birinchi uchta o‘rinni AQSh, Rossiya, Xitoy egallab turibdi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston — 37, Qirg‘iziston — 76, Tojikiston — 85, Turkmaniston — 116 — o‘rinda bormoqda.

Maksim Shatskix «Paxtakor» bosh murabbiyi bo‘ldi
16 iyul 2022, 11:01

Maksim Shatskix «Paxtakor» bosh murabbiyi bo‘ldi

«Paxtakor» futbol klubiga taniqli futbolchi Maksim Shatskix bosh murabbiy etib tayinlandi. Klub bilan tuzilgan shartnoma 3 yilga mo‘ljallangan.

O‘q otish bo‘yicha Jahon kubogining finalida o‘zbekistonliklar 3-o‘rinni egalladi
15 iyul 2022, 08:35

O‘q otish bo‘yicha Jahon kubogining finalida o‘zbekistonliklar 3-o‘rinni egalladi

Janubiy Koreyada o‘tkazilgan o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi finalida o‘zbekistonlik sportchilar 16 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi. Musobaqada 1-o‘rin Italiya, 2-o‘rin esa Hindiston vakillarga nasib etdi.

O‘zbek atletlari Butunjahon o‘yinlarida ikkita medalni qo‘lga kiritdi
14 iyul 2022, 18:09

O‘zbek atletlari Butunjahon o‘yinlarida ikkita medalni qo‘lga kiritdi

AQShda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar — Dostonbek Otabolayev karate bo‘yicha bronza, Darya Latisheva esa ushu bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.

«Humo» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishni boshlaydi
13 iyul 2022, 18:14

«Humo» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishni boshlaydi

Toshkentning «Humo» xokkey klubi ikki yillik tanaffusdan keyin yana Qozog‘iston Pro ligasida o‘ynashni boshlaydi. Jamoa koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalarda ishtirok etmayotgandi.

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida yana 2 ta medalni qo‘lga kiritdi
8 iyul 2022, 17:18

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida yana 2 ta medalni qo‘lga kiritdi

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 Osiyo chempionatida O‘zbekiston polvonlari terma jamoa hisobiga yana ikkita bronza medalini qo‘shib qo‘yishdi.

O‘zbek polvonlari Osiyo chempionatida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi
6 iyul 2022, 17:09

O‘zbek polvonlari Osiyo chempionatida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 Osiyo chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik polvonlar to‘rtta — bitta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting