Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE tomonidan yuritiladigan jahon shaxmat reytingida O‘zbekiston ilk bor iyul oyi reytingiga ko‘ra 19-o‘rinni egalladi.
Dunyo reytingida kuchli uchlikda AQSh, Rossiya, Xitoy bormoqda. O‘zbekiston esa Angliya, Chexiya va Xorvatiyadan so‘ng kuchli 20 talikka kirgan davlat bo‘ldi.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston — 37-o‘rinda. Qirg‘iziston — 76, Tojikiston — 85, Turkmaniston — 116-o‘rinni egallagan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov yakunda rossiyalik raqibini yengib, jahon chempioni bo‘lgandi.