Osiyo Olimpiya kengashi bir yilga kechiktirilgan Xanchjou-2022 XIX Osiyo o‘yinlarining yangi sanalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, musobaqa 2023 yilning 23 sentabr — 8 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari joriy yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Biroq koronavirusning yangi to‘lqini sababli 6 may kuni Toshkentda o‘tgan OOK Ijroiya qo‘mitasining 77-yig‘ilishida musobaqa boshqa muddatga ko‘chirilishi e’lon qilindi.