Bahraynda sport kurashlari bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik polvonlar yunon-rum kurashi bo‘yicha yana ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

97 kg vazn toifasida Islomjon Rahmatov uchinchi o‘rin uchun kurashda koreyalik Kim Chju Vanni 12:3 hisobida mag‘lub etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston U20 jamoasi Osiyo chempionatini 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan yakunladi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda 68 kg vazn toifasida Firuza Esenbayeva ham bronza medalini qo‘lga kiritdi. U aylana tizimda o‘tkazilgan bellashuvda Hindiston va Qirg‘iziston sportchilariga kichik hisobda imkoniyatni boy berib, so‘nggi ikki jangda Qozog‘iston va Yaponiya vakillarini 10:0 hisobida mag‘lub etdi.