Janubiy Koreyaning Changvon shahrida o‘tkazilgan o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichida uch nafar o‘zbekistonlik sportchi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

43 mamlakatdan 450 dan ortiq merganlar qatnashgan musobaqada 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha Muhammad Kamolov, Vladimir Svechnikov, Veniamin Nikitin jamoa bo‘lib qatnashib, umumiy hisobda 16 ochko to‘pladi va 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, 14 ball bilan qozog‘istonlik sportchilar ham 3-o‘rindan joy oldi.


Musobaqada birinchi o‘rinni Italiya o‘qotar jamoasi 17 ball bilan qo‘lga kiritgan bo‘lsa (oltin medal), 2-o‘rin 15 ochko to‘plagan hindistonlik sportchilarga nasib etdi (kumush medal).