O‘zbekistonlik atletlar Bahraynda 20 yoshgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatining yunon-rum kurashi yo‘nalishida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

77 kg vazn toifasida Samandar Bobonazarov oltin medal bilan taqdirlandi.

Azamatjon Abdubannobov (-87 kg) va Temurbek Nasimov (-130 kg) ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

55 kg vazn toifasida Alisher G‘aniyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.