Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tkazilgan stenddan o‘q otish bo‘yicha Osiyo chempionatida Shohruh Sadirov yoshlar o‘rtasida trap yo‘nalishida O‘zbekiston tarixidagi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Trap — stenddan o‘q otish bo‘yicha musobaqa o‘tkazish maydoni. Uning dumaloq stenddan farqi yo‘nalish raqamlari to‘g‘ri chiziqda joylashgan bo‘ladi. Trap musobaqalari 1990 yildan beri Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan.

Ikkinchi o‘rin qozog‘istonlik Maksim Bedarevga, uchinchi o‘ringa eronlik Muhammad Beyranvard nasib etdi.