Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston atletlari terma jamoasi hisobiga yana oltita medalni qo‘shib qo‘yishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Oltin medal:

  • Halimajon Qurbonova (-48 kg);
  • Azizbek Ortiqov (-66 kg);
  • Shukurjon Aminova (-57 kg).

Bronza medal:

  • Umida Jumaniyozova (-52 kg);
  • Farangiz Rejepova (-63 kg);
  • Hojiakbar Toshev (-73 kg).

Osiyo chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik dzyudochilar sakkizta medalga sazovor bo‘lishgan edi.

Oltin medal:

  • Anvarjon Ibragimov (-55 kg);
  • Shohjahon Otaboyev (-66 kg);
  • Laziza Haydarova (-40 kg);
  • Umidaxon Burxonjonova (-44 kg).

Kumush medal:

  • Sardor Himmatov (-60 kg);
  • Sevinch Murodova (-48 kg);
  • So‘g‘diyona Rafkatova (-52 kg).

Bronza medal:

  • Saddam Husanov (-66 kg).

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 21 iyuldan yoshlar o‘rtasidagi bahslar start oldi.