Sport

O‘zbekistonlik taekvondochi ilk bor jahon reytingi yetakchisiga aylandi
5 iyul 2022, 15:55

O‘zbekistonlik taekvondochi ilk bor jahon reytingi yetakchisiga aylandi

Charos Qayumova taekvondo sport turi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.

Shomurodov Konferensiyalar ligasida eng tezkor futbolchi bo‘ldi
5 iyul 2022, 12:51

Shomurodov Konferensiyalar ligasida eng tezkor futbolchi bo‘ldi

Eldor Shomurodov Yevropa Konferensiyalar ligasining 2021−2022 yilgi mavsumida 33,6 km/soat tezlikni qayd etdi. Shu tariqa «Roma» futbolchisi musobaqaning eng tezkor o‘yinchisi deb topildi.

Italiyadagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun qariyb 45 mlrd so‘m ajratiladi
5 iyul 2022, 10:14

Italiyadagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun qariyb 45 mlrd so‘m ajratiladi

2023 yildan boshlab o‘zbek sportchilarini 2026 yilda Milan va Kortine-d'Ampetssoda (Italiya) o‘tkaziladigan Qishki Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash uchun 15 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Qishki sport turlari bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabini tashkil etish rejalashtirilgan.

Nodavlat sport-ta'lim muassasalariga 2026-yilgacha imtiyozlar berildi
4 iyul 2022, 15:32

Nodavlat sport-ta'lim muassasalariga 2026-yilgacha imtiyozlar berildi

Prezident qarori bilan Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlari tashkil etgan nodavlat sport-ta'lim muassasalariga 2024-yilgacha, barcha nodavlat sport-ta'lim muassasalariga esa 2024-yildan boshlab ikki yil davomida bino va inshootlar ijara to‘lovlari va soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berildi.

Prezident U23 Osiyo kubogining uch nafar sovrindorini mukofotladi
30 iyun 2022, 10:34

Prezident U23 Osiyo kubogining uch nafar sovrindorini mukofotladi

O‘zbekistonda 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogining uch nafar sovrindori — Xusain Norchayev, Hojimat Erkinov va Jasurbek Jaloliddinov «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi. Qolaversa, bokschi Elnur Abduraimov «Mard o‘g‘lon» mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘zbekistonlik gimnastikachilar Osiyo chempionatida 17 ta medalni qo‘lga kiritdi
27 iyun 2022, 13:13

O‘zbekistonlik gimnastikachilar Osiyo chempionatida 17 ta medalni qo‘lga kiritdi

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 10 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza, jami 17 ta medalni qo‘lga kiritib, o‘z chiqishlarini yakunladi.

Boks: Murodjon Ahmadaliyev Ronni Riosni mag‘lub etib, o‘z kamarini himoya qildi
26 iyun 2022, 15:32

Boks: Murodjon Ahmadaliyev Ronni Riosni mag‘lub etib, o‘z kamarini himoya qildi

Bokschi Murodjon Ahmadaliyev amerikalik Ronni Rios ustidan g‘alaba qozonib, WBA va IBF chempionlik kamarlarini himoya qildi. Bellashuvdan so‘ng o‘zbekistonlik sportchi jangni jarohatlangan qo‘l bilan o‘tkazganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik taekvondochilar Osiyo chempionatida yana to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi
26 iyun 2022, 12:33

O‘zbekistonlik taekvondochilar Osiyo chempionatida yana to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

Taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Jasur Jaysunov hamda Nikita Rafalovich oltin, Feruza Sadikova va Svetlana Osipova bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida kuchli uchlikda bormoqda.

O‘zbek taekvondochilari Osiyo chempionatida oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi
24 iyun 2022, 16:32

O‘zbek taekvondochilari Osiyo chempionatida oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi

Taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov oltin, Charos Qayumova esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.

MOQ raisi o‘rinbosari endi «Olimpik» futbol klubini boshqaradi
23 iyun 2022, 21:23

MOQ raisi o‘rinbosari endi «Olimpik» futbol klubini boshqaradi

MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov «Olimpik» futbol klubiga rahbar bo‘ldi. U bungacha «Lokomotiv»ni ham boshqargan.

O‘zbekiston FIFA reytingida olti pog‘onaga yuqoriladi
23 iyun 2022, 18:58

O‘zbekiston FIFA reytingida olti pog‘onaga yuqoriladi

FIFAning iyun oyi uchun yangilangan reytingida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z o‘rnini olti pog‘onaga yaxshilab, 77-o‘ringa ko‘tarildi.

O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatida 9 ta medalni qo‘lga kiritdi
23 iyun 2022, 10:03

O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatida 9 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik atletlar velotrek bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1 ta oltin va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Terma jamoa hisobidagi yagona oltin medalga raqiblarini uchta aylanaga ortga qoldirgan Farruh Bobosherov sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston dzyudo akademiyasi tashkil etiladi
21 iyun 2022, 11:29

O‘zbekiston dzyudo akademiyasi tashkil etiladi

Denov va Urganch dzyudo maktablari, Milliy universitetda alohida ta’lim yo‘nalishi hamda O‘zbekiston dzyudo akademiyasi tashkil etiladi, mamlakatda jahon chempionati va beshta turnir o‘tkaziladi — prezident dzyudo sportini rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi.

Shavkat Mirziyoyev qo‘l jangini rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi
20 iyun 2022, 19:09

Shavkat Mirziyoyev qo‘l jangini rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi

2023 yildan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida qo‘l jangi bo‘yicha Xotira turniri, professional sportchilar o‘rtasida prezident va Amir Temur kubogi xalqaro musobaqalari o‘tkaziladi. Bundan tashqari, yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda qo‘l jangi bo‘yicha mahorat darslari o‘tiladi.

«Ushbu mag‘lubiyatdan keyin yanada kuchliroq bo‘lamiz» — Timur Kapadze
20 iyun 2022, 11:39

«Ushbu mag‘lubiyatdan keyin yanada kuchliroq bo‘lamiz» — Timur Kapadze

O‘zbekiston olimpiya jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Osiyo kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi va jamoasi faqat g‘alaba uchun maydonga tushganini aytdi. Kapadzening so‘zlariga ko‘ra, jamoa bu mag‘lubiyatdan keyin yanada kuchayadi va Osiyo chempioni bo‘lishdek maqsadiga erishadi.

U23 Osiyo kubogi finali. O‘zbekistonlik olimpiyachilar Saudiya Arabistoniga mag‘lub bo‘ldi
19 iyun 2022, 20:08

U23 Osiyo kubogi finali. O‘zbekistonlik olimpiyachilar Saudiya Arabistoniga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston olimpiya jamoasi futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoniga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Milliy gvardiya O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘yini oldidan muxlislarni ogohlantirdi
19 iyun 2022, 11:09

Milliy gvardiya O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘yini oldidan muxlislarni ogohlantirdi

«Milliy» stadionida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni bahsida jamoat tartibini buzgan muxlislar uchta modda bilan javogarlikka tortilishi mumkin. Shuning uchun, ishqibozlardan «hakamlarga, futbolchilarga, jumladan, raqib jamoaga, texnik xodimlarga hurmat ko‘rsatish zarurligi» eslatib o‘tildi.

Uch kundan buyon davom etayotgan chipta mojarosi yakun topdimi? O‘zi nima shovqin?
19 iyun 2022, 10:43

Uch kundan buyon davom etayotgan chipta mojarosi yakun topdimi? O‘zi nima shovqin?

O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni yoshlari o‘rtasidagi Osiyo kubogi finaliga qiziqish musobaqa O‘zbekistonda o‘tayotganini inobatga olganda anchagina yuqori. Tashkilotchilik darajasi shunga mosmi? Final chiptalari mojarosi hal bo‘ldimi? O‘zi nima shovqin? «Gazeta.uz» voqealar rivojini bir joyga to‘pladi.

«Milliy» stadioni atrofidagi ko‘chalar yarim kunga yopiladi
19 iyun 2022, 10:12

«Milliy» stadioni atrofidagi ko‘chalar yarim kunga yopiladi

Yakshanba kuni futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi final uchrashuvi o‘tkazilishi munosabati bilan soat 12:00 dan 00:00 ga qadar Toshkentdagi «Milliy» stadioni atrofidagi ko‘chalar avtotransport vositalari uchun yopiladi.

O‘zbekistonlik sportchilar og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi JCHda 10 ta medalni qo‘lga kiritdi
18 iyun 2022, 12:06

O‘zbekistonlik sportchilar og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi JCHda 10 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletlar Qudratbek Salimjonov, Nigora Suvonova, Diyorbek Ermatov va Abrorbek Ma’rufbekov o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatini jami 10 ta medal bilan yakunladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting