Sport

29 may kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar marafon tufayli vaqtincha yopiladi
28 may 2022, 22:48

29 may kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar marafon tufayli vaqtincha yopiladi

29 may kuni IIO xodimlari o‘rtasida marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentdagi bir qator ko‘chalar 07:00 dan 11:00 gacha avtotransportlar harakati uchun yopiladi.

Rustam Shoabdurahmonov O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisligidan ham ketdi
27 may 2022, 15:27

Rustam Shoabdurahmonov O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisligidan ham ketdi

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. U fevral o‘rtalarida MOQ rahbarligidan ham ketgandi. Federatsiyada uning o‘rnini «Kapitalbank» Kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abdusamatov egalladi.

O‘zbekistonda milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli musobaqalar o‘tkaziladi
26 may 2022, 11:31

O‘zbekistonda milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli musobaqalar o‘tkaziladi

2023 yil 1 martdan boshlab milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli respublika o‘yinlari tashkil etiladi. Shuningdek, har yili Toshkent shahrida «Uzbekistan Ethno Games» respublika festivali bo‘lib o‘tadi. Xivada esa har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali tashkil qilinadi. Har bir hududda ot sporti turlariga tegishli anjomlar do‘koni ochiladi.

“Roma” Yevropa Konferensiyalar Ligasi g‘olibi bo‘ldi
26 may 2022, 10:37

“Roma” Yevropa Konferensiyalar Ligasi g‘olibi bo‘ldi

Yevropa Konferensiyalar Ligasi finalida “Roma” klubi “Feyenoord” ustidan g‘alaba qozonib, chempion bo‘ldi. Rimliklar safida o‘ynayotgan Eldor Shomurodov yevrokuboklarda g‘alaba qozongan ikkinchi o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi.

Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi
25 may 2022, 14:33

Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 15−25 iyul kunlari og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada O‘zbekiston nomidan 40 nafardan ziyod atlet ishtirok etishi kutilmoqda. Turnir logotipi tasdiqlandi.

Darya Reznichenko Chexiyadagi yengil atletika bo‘yicha xotira turnirida g‘alaba qozondi
25 may 2022, 12:35

Darya Reznichenko Chexiyadagi yengil atletika bo‘yicha xotira turnirida g‘alaba qozondi

Chexiyadagi yengil atletika bo‘yicha xotira turnirida Darya Reznichenko uzunlikka sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi
24 may 2022, 15:07

Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev endi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga ham rahbarlik qiladi. Unga qadar mazkur lavozimda Aziz Abduhakimov faoliyat yurtigan.

«Kuchli beshlik»da mavsum yakunlandi: yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan klublardan quyi ligaga tushib ketgan jamoalargacha
23 may 2022, 18:37

«Kuchli beshlik»da mavsum yakunlandi: yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan klublardan quyi ligaga tushib ketgan jamoalargacha

Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiyada 2021/22 yilgi futbol mavsumi yakunlandi. Premer ligada oxirgi besh yilda «Manchester Siti» to‘rtincha marta chempionlikni nishonlagan bo‘lsa, «Real Madrid» 35-bor La ligani yutdi. Italiyada esa «Milan» 11 yil deganda A seriya g‘olibiga aylandi. Bundesliga va Liga 1da «Bavariya» va PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qilib bo‘lishgan edi. UEFA chempionlar ligasining keyingi mavsumida kim ishtirok etadi va qaysi jamoa oliy divizion bilan xayrlashdi — «Gazeta.uz» maqolasida.

«Sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda» — prezident
23 may 2022, 18:20

«Sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda» — prezident

O‘zbekistonda biror sport turi bo‘yicha mahalliy olimlar tomonidan na metodika, na dastur ishlab chiqilgan. Sport diyetologiyasi, farmakologiyasi, psixologiyasi, kardiomashg‘ulotlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmaydi, deya tanqid qildi Shavkat Mirziyoyev sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda. «Bugungi kunda sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda», — dedi u.

O‘zbekistonda sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi
23 may 2022, 17:13

O‘zbekistonda sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

O‘zbekistonda sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi. Shavkat Mirziyoyev yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilish borasidagi yondashuvlar o‘zgartirilishini ma’lum qildi. Buxoro tajribasi asosida — yaxshi natijaga erishgan yosh sportchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi va ular maxsus guruhlarda bepul o‘qitiladi, sport maktabi trenerlarining ish haqi 35 foizga oshiriladi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi JCHda 2 ta medalni qo‘lga kiritdi
19 may 2022, 16:35

Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi JCHda 2 ta medalni qo‘lga kiritdi

Boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Aziza Yoqubova va Mohira Abdullayeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu o‘zbek boks maktabi tarixida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarda qo‘lga kiritilgan ilk medallardir.

O‘zbekistonga futbol bo‘yicha Jahon kubogi olib kelinadi
19 may 2022, 15:30

O‘zbekistonga futbol bo‘yicha Jahon kubogi olib kelinadi

FIFAning maxsus turnesi doirasida O‘zbekistonga futbol bo‘yicha Jahon kubogi olib kelinadi. 6 iyun kuni o‘tkaziladigan taqdimot doirasida futbol yulduzlari — Kristian Karambyo va Karles Puyolning ishtirok etishi kutilyapti.

«Ayntraxt» Yevropa ligasi g‘olibiga aylandi
19 may 2022, 11:53

«Ayntraxt» Yevropa ligasi g‘olibiga aylandi

Germaniyaning «Ayntraxt Frankfurt» va Shotlandiyaning «Reyndjers» jamoalari o‘rtasida kechgan Yevropa ligasi final o‘yinida nemis klubi g‘alaba qozondi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda 1:1, penaltilar seriyasida 5:4 hisobi qayd etildi.

Xitoy pandemiya sababli yana bir musobaqa mezbonligini rad etdi
16 may 2022, 10:14

Xitoy pandemiya sababli yana bir musobaqa mezbonligini rad etdi

Xitoy pandemiya bilan bog‘liq xavotirli vaziyat tufayli futbol bo‘yicha Osiyo kubogi-2023 musobaqasiga mezbonlik qila olmasligini ma’lum qildi. Musobaqaning yangi mezboni yaqin kunlarda aniqlanadi.

Eng ko‘p daromad oladigan sportchilar ro‘yxati e’lon qilindi
13 may 2022, 15:28

Eng ko‘p daromad oladigan sportchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Forbes’ning eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchilar ro‘yxatida Lionel Messi yetakchilik qilmoqda. U o‘tgan 12 oy ichida umumiy hisobda 990 mln dollardan ko‘proq daromad olgan atletlar o‘ntalagida eng daromadli (130 mln dollar) sportchi bo‘lib turibdi. Messidan keyin Lebron Jeyms (121,2 mln dollar) va Krishtianu Ronaldu (115 mln dollar) joy olgan.

Marafonga tayyorlanishni nimadan boshlash kerak?
13 may 2022, 11:08

Marafonga tayyorlanishni nimadan boshlash kerak?

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda marafon yugurish ommalashib bormoqda. Yugurish bilan oldin shug‘ullanmaganlar birdaniga uzoq masofani zabt etolmasliklari mumkin. Marafonga tayyorlanishni nimadan boshlash kerak? Qulay sport kiyimlari qanday bo‘ladi? Uzoq masofaga yugurganda ovqatlanish va suv ichishda nimalarga e’tibor qaratish lozim? Marafonning inson organizmi uchun qanday foydali tomonlari bor? Tavsiyalar.

UEFA yevrokuboklarga o‘zgarishlar kiritdi. Yangi format haqida nimalar ma’lum?
11 may 2022, 11:56

UEFA yevrokuboklarga o‘zgarishlar kiritdi. Yangi format haqida nimalar ma’lum?

UEFA 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab yangicha ko‘rinishda o‘tkaziladigan klub musobaqalari formati va saralash sxemasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Chempionlar ligasida ishtirokchilar soni 32 tadan 36 taga oshiriladi. Shuningdek, guruh bosqichi o‘rniga 36 ta klubdan iborat yagona liga tashkil etiladi.

Tursunoy Jabborova og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
10 may 2022, 11:51

Tursunoy Jabborova og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Gretsiyadagi og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Tursunoy Jabborova -87 kg vazn toifasida dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.

Sharofiddin Amriddinov og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi
9 may 2022, 16:34

Sharofiddin Amriddinov og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi

Gretsiyada bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida Sharofiddin Amriddinov -102 kg vazn toifasida g‘alaba qozondi.

Oksana Chusovitina Parij Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘radi
9 may 2022, 15:13

Oksana Chusovitina Parij Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘radi

Oksana Chusovitina 2024 yil Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishini ma’lum qildi. U hozirga qadar Olimpiya o‘yinlarida 8 marotaba ishtirok etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting