Sofiya (Bolgariya) shahrida taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati tashkilotchilari o‘zbekistonlik Laylo Hasanovani eng yaxshi taekvondochi qiz deb topdi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada jami 16 nafar sportchi qatnashib, ulardan 10 nafari medallarni qo‘lga kiritdi:

Oltin — Laylo Hasanova;

Kumush — Dilmurod Ma’rufjonov;

Bronza — Sofiya Xon, Axajon Muxtorov, Javoxir Hidoyatov, Nigora A’zamjonova, Omina Ergasheva, Rosalina Tolibjonova, Ominaxon Kamalova, Mubina Bobosaidova.

Foto