Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining (AWF) navbatdagi kongressida 2024 yilda Osiyo chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Chempionatning Toshkentda o‘tkazilishi O‘zbekistonga Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun muhim reyting ochkolarini beradi.

Qit’a chempionatiga mezbonlik qilish huquqi uchun O‘zbekistondan tashqari Turkmaniston va Hindiston ham kurash olib bordi.

Musobaqa sanasi va 2024 yil taqvimi keyinroq e’lon qilinadi.