Talabalar orasida koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlanganligi sababli Toshkent davlat yuridik universiteti 10 maydan boshlab 14 kunga masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazildi. Bu xaqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq, Toshkent moliya institutida ham o‘quv jarayoni 14 kunga masofaviy shaklga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.