Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Rustam Qosimov 64 yoshida og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi xabar bermoqda.

«Gazeta.uz» ma’lumotlariga ko‘ra, u aprel oyining boshidan beri kasalligi sababli davolanayotgan edi.

Rustam Qosimov (1956) Toshkentda tug‘ilgan. U oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari (2001−2004), so‘ngra vazir (2004−2008), shuningdek MDHdagi sheriklar bilan aloqalar uchun mas’ul bo‘lgan, bosh vazirning ijtimoiy soha, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (2004−2009) bo‘lib ishlagan.

Bundan tashqari, u Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan (2001−2004), 2011 yildan 2016 yilgacha nafaqada bo‘lgan.

2016 yil 16 sentyabrda u yana bosh vazir o‘rinbosari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri bo‘ldi. 2017 yil iyun-noyabr oylarida u prezidentning davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, shu bilan birga prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining rektori bo‘lgan. Keyinchalik u prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi (2017−2018) bo‘lib ishlagan.

2018 yil 31 iyuldan boshlab prezidentning diniy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi — jamoat va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik xizmati rahbari (qayta tashkil etilgandan keyin — prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi), 2019 yil noyabr oyidan boshlab esa, O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasining rektori lavozimida faoliyat yuritgan.