Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda Hayit bayrami uchun pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Asalli noodatiy qush tili


Agar siz qarsildoq va mazali qush tilini yoqtirsangiz, unda uni ushbu retsept bo‘yicha tayyorlab ko‘ring. Asalli qiyomga ega noodatiy qush tili — bayram dasturxoni uchun ayni muddao.

«Muraveynik»


"Muraveynik" — bu oddiy va mazali shirinlik bo‘lib, uni har kim o‘ziga xos tarzda bezatishi mumkin. Qolaversa ushbu pishiriq ko‘pchilikka bolalikdan tanish.

«Freze» torti


Mayin biskvit, plombir muzqaymog‘ini eslatuvchi krem, qulupnay — bularning hammasi fransuz qandolatchilari tomonidan o‘ylab topilgan «Freze» tortida mavjud.

Chak-chak


Chak-chak ko‘p masalliqlarni talab qilmaydigan, ammo juda mazali yegulik! Bu shirinligimizni ta’bingizga qarab har xil yong‘oqlar, lola-qizg‘aloq yoki quritilgan mevalar bilan ham bezatishingiz mumkin.

Sutda pishirilgan bo‘g‘irsoqlar


Shirin va mazali bo‘g‘irsoqlarni Ramazon Hayit bayramida tayyorlash qadim zamonlardan berin davom etib keladigan an’ana hisoblanadi.

Yong‘oqli bulochkalar


Oshirma xamirdan tayyorlangan ushbu bulochkalar, sizni qiziqarli shakli va oddiy retsepti bilan xursand qilishlari aniq.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15