7 may kuni soat 09:13da Yunusobod tumani «Sevinch» MFYdagi ko‘p qavatli uylarning birida, xonadon balkonidagi uy jihozlarida yong‘in kelib chiqqan. Bu xaqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, yong‘indan uyning 10 kv.m maydoni zararlangan.

Yong‘in Toshkent shahar FVB yong‘in-qutqaruv guruhi tomonidan qisqa fursatlarda bartaraf etilgan va uyning 60 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Aytilishicha, ushbu holatning kelib chiqishiga yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etilmaganligi sabab bo‘lgan.

Hodisadan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.