11 may kuni Xristian dinining «Ota-onalarni xotirlash» tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahrida bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar qildi.

Xristian diniga mansub aholining transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, shahardagi metro stansiyalaridan va aholi ko‘p yig‘iladigan bekatlardan 1, 2, 3-sonli qabristonlargacha qatnovchi bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi.

Vaqtinchalik avtobuslar quyidagi yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiladi:

Yo‘nalish raqami:

  • K-1 Mashinasozlar metrosi-1-sonli qabriston (Botkin);
  • K-2 Olmazor metrosi-2-sonli qabriston (Do‘mbirobod);
  • K-3/1 Buyuk Ipak yo‘li metrosi-3-sonli qabriston (O‘rtasaroy);
  • K-3/2 Qo‘yliq dehqon bozori-3-sonli qabriston (O‘rtasaroy).

Avtobus soni:

  • 3 ta Isuzu «2-avtobus saroyi» MCHJ;
  • 4 ta Isuzu «7-avtobus saroyi» MCHJ;
  • 4 ta MAN «5-avtobus saroyi» MCHJ;
  • 4 ta MAN «1-avtobus saroyi» MCHJ.

Mazkur tashkil etilgan bir kunlik yo‘nalishlar 07:00 dan 18:00 ga qadar harakatini davom ettiradi.