Surxondaryoda ham kuchli yomg‘irlar sel kelishiga olib keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

6 may kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida hosil bo‘lgan sel oqimlari Sherobod tumanidagi «Qorabog‘» QFY va «Uchyog‘och», «Guliston», «G‘o‘rjak-2» MFYdagi 16 ta, Qumqo‘rg‘on tumani «Azlarsoy», «Bog‘aro» va «Elobod» MFYdagi 340 ta aholi xonadonlari va tomorqasiga kirgan.

Hozirda tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 6 may kuni Namangan viloyatida ham sel kelishi natijasida xonadonlarga suv kirgani va ayrim yo‘l uchastkalari zarar ko‘rgani haqida xabar berilgan edi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Shuningdek, 6 may kunidan 7 may kuniga o‘tar kechasi Andijon viloyati Xonobod shahrida kuchli sel kelishi tufayli 700 ga yaqin xonadonlar zararlangan va Qirg‘iz ariq kanalining toshishi oqibatida bir oilaning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari selda oqib ketib, vafot etgan.