6 may kuni soat 17:20 larda Namangan viloyati ayrim yo‘llarida suv toshkini oqibatida transportlar harakati cheklandi, deya xabar berdi IIV YHXBB matbuot xizmati.

Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy va Chust tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir sababli Pop tumani «Vodiy» MFY hududida sel oqimlari kuzatilib, Pop tumani hududidan o‘tuvchi 4P-125 «Namangan-Toshkent» avtomobil yo‘lida yo‘l yoqasining yuvilishi, «Angren-Pop» elektrlashtirilgan temir yo‘lining 103−106 kilometrida temir yo‘l tarmog‘ining taxminan 3 metr qismida tuproq massasining yuvilishi ro‘y bergan.

Pop tumani Nayman QFY hududidan o‘tgan 4R 126 «Baliqchi q. — Mingbuloq q. — Nayman q. — Pungon q» avtomobil yo‘li (Qo‘qon shahriga olib boruvchi) orqali tashkil etilgan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasining xabar berishicha, 7 may kuni Toshkent-Andijon yo‘nalishi bo‘yicha 60-sonli poyezd reysi bekor qilingan. Chiptalar uchun pul temir yo‘l stansiyalarining kassalarida qaytarib beriladi.

Shu bilan birga, «Yangiobod» va «Vodiy» MFYdagi 25 ta aholi tomorqalariga ham yomg‘ir suvlari kirgan. FVVning xabar berishicha, ayni paytda avtomobil va temir yo‘llarining zarar ko‘rgan qismidagi avariya-tiklash ishlari davom ettirilmoqda.