Jamiyat

Moliya instituti 14 kunga, SamDCHTI o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’limga o‘tkazildi
5 may 2021, 14:03

Moliya instituti 14 kunga, SamDCHTI o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Moliya instituti 14 kunga, Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.

«Xalq nazorati» xizmati nima uchun kerak va u fuqarolarning qanday muammolarini hal qilishi mumkin?
5 may 2021, 13:59

«Xalq nazorati» xizmati nima uchun kerak va u fuqarolarning qanday muammolarini hal qilishi mumkin?

Fevral oyida Toshkent hokimiyati «Xalq nazorati» xizmatini ishga tushirdi. Shahar ma’muriyatining so‘zlariga ko‘ra, loyiha o‘z samarasini ko‘rsatishga ulgurdi. Shunga qaramay, fuqarolarning muammolarini hal qilishda qiyinchiliklar ham mavjud. Loyiha rahbari Oybek Niyozov platformaning vazifalari, kamchiliklari va kelajakdagi rejalar haqida gapirib berdi.

Andijonda 3 yoshli qizaloqning ustiga qaynoq suv quyib yuborgan erkak 8 yilga qamaldi
5 may 2021, 12:05

Andijonda 3 yoshli qizaloqning ustiga qaynoq suv quyib yuborgan erkak 8 yilga qamaldi

Andijonda fuqaro o‘z uyida ijarada yashayotgan ayoldan turmush qurib birga yashash taklifiga rad javobini olgach, uning 3 yoshli farzandini ustiga qaynoq suv quyib yuboradi. Oqibatda qizaloq shifoxonada vafot etgan. Sud ayblanuvchini qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda aybli deb topdi.

AQSHdan Orolbo‘yi aholisi uchun gumanitar yordam yuborildi
5 may 2021, 10:48

AQSHdan Orolbo‘yi aholisi uchun gumanitar yordam yuborildi

AQSHning «Project C.U.R.E.» tashkiloti va «Boeing» kompaniyasi tomonidan Qoraqalpog‘istoning Orolbo‘yi hududi aholisi uchun gumanitar yordam yuborildi. Xayriya yuki o‘z ichiga 3 mln dollarlik tibbiyot buyumlari va jihozlari, sun’iy shamollatish moslamalarini oldi. Bundan tashqari, keyingi gumanitar yordamni yetkazish uchun 100 ming dollar miqdoridagi chek topshirildi.

O‘zbekistonda 2020 yilda is gazidan 93 kishi vafot etdi
5 may 2021, 10:36

O‘zbekistonda 2020 yilda is gazidan 93 kishi vafot etdi

O‘zbekistonda 2020 yilda 70 ta is gazidan zaharlanish holatlari sodir bo‘lib, jarohat olganlar soni 66 tani, vafot etganlar soni 91 tani tashkil qilgan.

Sobiq madaniyat va sport ishlari vaziri madaniyat vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi
5 may 2021, 10:07

Sobiq madaniyat va sport ishlari vaziri madaniyat vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan Bahodir Ahmedov Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sherzod Shermatov — maktablarda joy yetishmasligini keltirib chiqargan sabablar haqida
4 may 2021, 18:31

Sherzod Shermatov — maktablarda joy yetishmasligini keltirib chiqargan sabablar haqida

Bugun O‘zbekistonda o‘quvchilar soni (6,24 mln) maktablarning loyihaviy quvvatidan (5,06 mln) sezilarli darajada ortib ketgan. Vaziyat shu holda rivojlanib borsa, o‘rtadagi farq 2 mlntaga yetadi, deya ma’lum qildi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov. U maktablarda joy yetishmayotganining ikki asosiy sababini aytib, muammoni hal etish bo‘yicha bir qancha takliflarni ilgari surdi.

Kitob tumani mehribonlik uyidagi bolalar Qamashi tumaniga ko‘chirildi
4 may 2021, 18:08

Kitob tumani mehribonlik uyidagi bolalar Qamashi tumaniga ko‘chirildi

Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyida bolalar uchun sharoit yomonligi va uning talabga javob bermasligi aniqlangach, 2 may kuni mehribonlik uyidagi 65 nafar tarbiyalanuvchilarining 10 nafari yaqin qarindoshlari oilasiga, 55 nafari Qamashi tumanidagi 4-sonli mehribonlik uyiga ko‘chirildi.

Farg‘onada 9 yoshli qizaloq YTH oqibatida vafot etdi
4 may 2021, 16:26

Farg‘onada 9 yoshli qizaloq YTH oqibatida vafot etdi

Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 9 yoshli piyodani urib yuborgan. Qizaloq tan jarohatidan shifoxonada vafot etgan.

Koronavirusga qarshi emlash har yili o‘tkazilishi mumkin
4 may 2021, 15:55

Koronavirusga qarshi emlash har yili o‘tkazilishi mumkin

Koronavirusga qarshi vaksinadan infeksiyaga qarshi antitanachalar uzoq muddat saqlanmasa, bu emlash ham xuddi gripp virusiga qarshi emlash kabi har yili o‘tkazilishi mumkin.

Taniqli inson huquqlari himoyachisi Surat Ikromov vafot etdi
4 may 2021, 15:23

Taniqli inson huquqlari himoyachisi Surat Ikromov vafot etdi

O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhining asoschisi va rahbari Surat Ikromov 76 yoshida vafot etdi.

Qozog‘istonga 1 mln dollar mablag‘larni noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan poyezd mashinistlari ushlandi
4 may 2021, 13:32

Qozog‘istonga 1 mln dollar mablag‘larni noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan poyezd mashinistlari ushlandi

1 mln dollardan ortiq mablag‘larni yuk poyezdi orqali noqonuniy yo‘l bilan Qozog‘istonga olib chiqib ketishga uringan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs ushlandi
4 may 2021, 11:23

Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida fuqaroni 4500 AQSH dollari evaziga ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs aniqlandi. U kelishilgan puldan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Gulistonda noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotgan shaxslar aniqlandi
4 may 2021, 10:41

Gulistonda noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotgan shaxslar aniqlandi

Guliston shahrida 9 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari va 6 nafar ayol-qizlarga xujra sifatida noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotgan shaxslar aniqlandi.

Madaniyat vazirligi konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilganiga munosabat bildirdi
4 may 2021, 10:31

Madaniyat vazirligi konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilganiga munosabat bildirdi

Madaniyat vazirligi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi oldidagi konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilgani yuzasidan munosabat bildirdi. Vazirlik konsert dasturining hamkori ekanligi va faqat sahnadagi jarayonlarga javobgar ekanligini aytdi. Madaniyat vazirligi milliylik va til targ‘ibotini amalga oshirganda, ularni keng ommaga majburlab yoki keskin tanqid ruhida emas, balki namuna ko‘rsatgan holda yetkazish lozimligini ta’kidladi.

O‘zbekistonda deyarli 14 mingdan ortiq fuqaro vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlangan
4 may 2021, 10:05

O‘zbekistonda deyarli 14 mingdan ortiq fuqaro vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlangan

1 maydan boshlab vaksinaning birinchi bosqichini olgan fuqarolarni uning ikkinchi dozasi bilan ham emlash boshlangan bo‘lib, hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolarning 14 285 nafari ikkinchi bosqichda emlangan.

Sanepidxizmat rahbari koronavirusga qarshi emlandi
4 may 2021, 09:25

Sanepidxizmat rahbari koronavirusga qarshi emlandi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.

Tomskda Migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi
4 may 2021, 09:20

Tomskda Migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi

Rossiyaning Tomsk shahrida Migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaning tegishli idoralariga so‘rov yubordi.

Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi karantinga yopildi
4 may 2021, 09:03

Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi karantinga yopildi

2 may holatiga ko‘ra Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi, shuningdek, bir qator ta’lim va tibbiyot muassasalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari ikki haftaga karantinga yopildi.

Qonli yo‘llar: Uch oyda qariyb 400 kishi YTHlarda halok bo‘ldi
4 may 2021, 08:09

Qonli yo‘llar: Uch oyda qariyb 400 kishi YTHlarda halok bo‘ldi

Birinchi chorakda O‘zbekistonda 1491 ta YTH qayd etilib, ularda 394 kishi vafot etdi, 1168 kishi jarohatlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting