7 may kuni 21:00da Toshkent metropolitenining halqa yo‘nalishidagi «7-bekat» stansiyasida elektr ta’minotida uzilish kuzatildi. Ushbu holat aks etgan videoyozuvlar internetda e’lon qilindi.

Hodisa yuzasidan izoh bergan «O‘zbekiston temir yo‘llari» uzilish «shahardan» sodir bo‘lgan. Bu esa, o‘z navbatida, metro stansiyasining yoritish tizimiga, ya’ni 100 dona yoritish lampalarini o‘chishiga ham ta’sir ko‘rsatgan.

Hodisa metro poyezdlari harakatiga ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Elektr ta’minoti 22:00 da tiklandi, deyiladi xabarda.