Bugun respublika bo‘yicha bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida va kunning ikkinchi yarimda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 25−30 darajani tashkil etadi.

Shanba kuni barcha hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam. Havo harorati kechasi 13−18 daraja, kunduzi 28−33 daraja atrofida bo‘ladi.

9 may yakshanba kuni janubdan bulutli massivlar kirib keladi, buning hisobiga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 13−18 darajani, kunduzi 25−30 darajani tashkil etadi.