O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusga qarshi emlanganlar soni 1 mln 46 ming 668 nafarga yetdi. Shundan 1-bosqichda emlanganlar 1 000 956 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 45 712 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

6 may kuni jami 37 ming 158 nafar kishi COVID-19`ga qarshi emlandi. 1-bosqich emlanganlar 23 979 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 13 179 nafarni tashkil qildi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Emlanganlarning yuqori ko‘rsatkichi Farg‘ona (129 565 kishi), Andijon (126 625), Namangan (113 950) va Samarqand (101 859) viloyatlarida qayd etildi.

Toshkentda 80 ming 920 kishi koronavirusga qarshi emlandi, 6 may kuni — 1951 kishini tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, 27 apreldan bog‘cha xodimlari, o‘qituvchilar va surunkali kasalligi bor fuqarolarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi.