Namangan viloyatida sel kelishi oqibatida ayrim yo‘l uchastkalari zarar ko‘rdi. 6 may kuni kechqurun ularda transport harakati cheklandi, deya xabar berdi O‘zbekiston IIV YHXBB matbuot xizmati.

Xususan, Pop tumani Nayman QFY hududidan o‘tgan 4R 126 «Baliqchi q. — Mingbuloq q. — Nayman q. — Pungon q» avtomobil yo‘li (Qo‘qon shahriga olib boruvchi) orqali tashkil etilgan.

Shuningdek, «Pop — Qo‘shminor 2» temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 106-km.da temir yo‘l izini loy aralashmasi ko‘mib tashlaganligi temir yo‘lda poyezdlar harakati cheklandi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi 7 may kuni №60 Toshkent — Andijon poyezdi qatnovi bekor qilingani haqida xabar berdi. Chipta pullari vokzallar kassalarida qaytarib beriladi yoki ularni boshqa sanadagi reyslarga almashtirish mumkin.

Boshqa poyezdlar harakat jadvallariga ham o‘zgartishlar kiritilishi mumkin, deyiladi xabarda.