Jamiyat

Toshkentda Beruniy metrosi yaqinidagi ko‘cha 6 kunga yopiladi
7 noyabr 2022, 09:49

Toshkentda Beruniy metrosi yaqinidagi ko‘cha 6 kunga yopiladi

O‘zMU hamda Toshkent davlat texnika universiteti hududiga kiruvchi yo‘l 7 noyabrdan 12 noyabrga qadar yopiladi. Ko‘chada 64 metr balandlikdagi O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi. Piyodalar uchun esa harakatlanish cheklanmaydi.

«Ehtiyot bo‘ling, eshiklar yopiladi. Keyingi bekat Toshkent metrosi!» Yerostida hayot qanday ketmoqda?
6 noyabr 2022, 20:26

«Ehtiyot bo‘ling, eshiklar yopiladi. Keyingi bekat Toshkent metrosi!» Yerostida hayot qanday ketmoqda?

Roppa-rosa 45 yil avval Toshkent metropoliteni vestibyuli shaharliklar uchun ilk bor ochilgandi. Yubiley munosabati bilan «Gazeta.uz» tizimni ichidan ko‘rsatadi: poyezdlar qayerga ketadi, ularning qanday turlari mavjud va yo‘lovchilar nima uchun oxirgi poyezd qachon ketganini bilishi kerak?

Buxoro viloyatida 4 ballik zilzila qayd etildi
6 noyabr 2022, 10:34

Buxoro viloyatida 4 ballik zilzila qayd etildi

6 noyabr kuni soat 08:56 da Buxoro viloyatining Peshko‘ tumani hududida 4 ballik zilzila qayd etildi.

Taxiatosh tumani hokimi qo‘lga olindi
6 noyabr 2022, 10:03

Taxiatosh tumani hokimi qo‘lga olindi

Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimov fermer xo‘jaligi rahbaridan 100 mln so‘m olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.

Senat saytini 14 yoshli o‘smirlar emas, namanganlik fuqaro buzgani ma’lum bo‘ldi
5 noyabr 2022, 18:05

Senat saytini 14 yoshli o‘smirlar emas, namanganlik fuqaro buzgani ma’lum bo‘ldi

Tarmoqlarda 2 noyabr kuni hakerlar hujumiga uchragan Senat.uz saytini 14 yoshli o‘smirlar buzib kirgani haqida xabar tarqaldi. Kiberxavfsizlik markazi esa buni inkor etib, hujumni namanganlik fuqaro bajargani va MarshGolden`ni ham u yaratganini ma’lum qildi. Hozirda holat bo‘yicha IIO ish olib bormoqda.

To‘rtta holatda jami 874 gr «opiy» va 4,3 kg «gashish» moddasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
5 noyabr 2022, 17:18

To‘rtta holatda jami 874 gr «opiy» va 4,3 kg «gashish» moddasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

DXX tomonidan Toshkent shahri, Sirdaryo, Farg‘ona va Namanganda o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirlarida jami 900 grammga yaqin «opiy» va 4 kgdan ortiq «gashish»ni sotishda gumon qilinayotgan shaxslar ushlandi. Ularning aksariyati muqaddam sudlangan.

Mast holatdagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil qilinadi
5 noyabr 2022, 14:39

Mast holatdagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil qilinadi

Hukumat qarori bilan jamoat joyida turli vositalar ta’sirida mast holda yurgan shaxslarni IIO xodimlari tumanlararo tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib borishi belgilandi. U yerda tartibni saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun Milliy gvardiyaning qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlari qo‘yiladi.

O‘zbekiston bo‘ylab “Marusya”da: Fransuz oilasining sayohati hikoyasi
5 noyabr 2022, 12:00

O‘zbekiston bo‘ylab “Marusya"da: Fransuz oilasining sayohati hikoyasi

Ben va Suazik Fransiyaning Fujer shahridan bo‘lib, to‘rt yildan beri o‘z farzandlari va ikkita iti bilan uyga aylantirilgan o‘t o‘chirish mashinasida dunyo bo‘ylab sayohat qilishmoqda. Ular unga “Marusya” deb nom berishgan. O‘zbekiston ularning to‘xtash joylaridan biri bo‘ldi. “Gazeta.uz” ular haqida so‘zlab beradi.

Prezident standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
5 noyabr 2022, 11:58

Prezident standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident tomonidan standartlashtirishga oid yangi qonun imzolandi. Hujjat milliy standartlash tizimining tarkibiy tuzilmasi vakolatlarini, muddatli reja va toifalarini tartibga soladi. Qonun e’lon qilinganidan 1 yil o‘tib kuchga kiradi.

O‘zbekistonga 583,2 ming doza Johnson & Johnson vaksinasi olib kelindi
5 noyabr 2022, 10:01

O‘zbekistonga 583,2 ming doza Johnson & Johnson vaksinasi olib kelindi

O‘zbekiston koronavirusga qarshi Johnson & Johnson vaksinasining 583,2 ming dozadan iborat navbatdagi partiyasini qabul qilib oldi. Yil yakuniga qadar mazkur vaksinadan 1 mlndan ortiq doza keltirilishi rejalashtirilmoqda.

“Mayli, imkoniyat bermang, lekin xalaqit ham qilmang!” — O‘zbekistondagi yosh oilalar bilan suhbat
5 noyabr 2022, 09:47

“Mayli, imkoniyat bermang, lekin xalaqit ham qilmang!” — O‘zbekistondagi yosh oilalar bilan suhbat

“Gazeta.uz” so‘nggi yillarda turmush qurgan yosh oilalar bilan suhbatlashib, ularni o‘ylantirayotgan muammolar va kelajak rejalari haqida so‘radi. Ularning fikricha, “Odamlar hali tayyor emas”, degan gapni miyamizdagi lug‘atdan bemalol o‘chirib yuborsak bo‘ladi.

Nima tayyorlaymiz: Qovoqli taomlar
5 noyabr 2022, 07:41

Nima tayyorlaymiz: Qovoqli taomlar

Qovoqli gulsimon somsalar, gaz pechida pishirilgan qovoq, qovoqli sho‘rva, manti, pishirilgan qovoqli salat, tatarcha burma va boshqalar — Zira.uz vitaminlarga boy mahsulot — qovoqdan tayyorlangan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Toshkentda 4 ballik zilzila qayd etildi
5 noyabr 2022, 06:04

Toshkentda 4 ballik zilzila qayd etildi

Toshkentdan 41 km uzoqlikda, Qozog‘iston hududida 4,5 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Poytaxtda yer osti silkinishlari kuchi 4 balni tashkil etdi.

4 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
4 noyabr 2022, 23:02

4 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentga tramvayni qaytarish zaruratini o‘rganadigan Transport vazirligi, pulli to‘xtash joylarini joriy etish masalasi, Uzcard xususiylashtirilayotgani, yomg‘irli bo‘ladigan dam olish kunlari, Samarqand shahriga kirish yo‘llari yopilishi, Namangandagi soxta DXX xodimi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Afg‘onistondan narkotrafikning o‘sishi ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan bog‘liq emas — Ismatulla Irgashev
4 noyabr 2022, 22:52

Afg‘onistondan narkotrafikning o‘sishi ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan bog‘liq emas — Ismatulla Irgashev

«Tolibon» giyohvand moddalar ishlab chiqarishga qarshi oldingi tuzumga qaraganda qat’iyroq kurashmoqda, dedi O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev. U narkotrafikning o‘sishi ishlab chiqarish hajmining ortishi emas, zaxiralardan foydalanish bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

Transport vazirligi Toshkent ko‘chalariga tramvayni qaytarish zaruratini o‘rganadi
4 noyabr 2022, 18:42

Transport vazirligi Toshkent ko‘chalariga tramvayni qaytarish zaruratini o‘rganadi

Ma’lum yo‘nalishlardagi transport ehtiyoji boshqa transport turi yo‘lovchilar oqimini eplay olmayotganini ko‘rsatsa, Toshkentga tramvay qaytishi mumkin. Buni hisoblash uchun Transport vazirligi keng miqyosli tadqiqotlar o‘tkazadi hamda Toshkentda transportga bo‘lgan ehtiyojning makromodelini ishlab chiqadi.

Komil Allamjonov: “Ta'lim sohasida velosiped ixtiro qilmaslik kerak”
4 noyabr 2022, 17:30

Komil Allamjonov: “Ta'lim sohasida velosiped ixtiro qilmaslik kerak”

Komil Allamjonov O‘zbekiston ta’lim sohasida velosiped ixtiro qilmasdan, “eng ilg‘or” — Finlyandiya tizimini — “shartta olib, o‘ziga adaptatsiya qilishi” kerakligini aytdi. Unga ko‘ra, matematika, fizika va ximiya qonunlari hammayoqda bir xil, faqat o‘qitish metodikasi farqli.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin
4 noyabr 2022, 17:02

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin

O‘zgidromet 6−8 noyabr kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.

Bayram sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, ishlanmaydigan kun qo‘shib beriladi
4 noyabr 2022, 16:46

Bayram sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, ishlanmaydigan kun qo‘shib beriladi

O‘zbekistonliklar ko‘p yillardan buyon bayram sanasi yakshanbaga to‘g‘ri kelib qolsa, qo‘shimcha dam olish kuni har doim ham qo‘shib berilmasligidan nolib kelardi. Mehnat kodeksining yangi tahririga ko‘ra, dam olish kuni bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni keyingi kunga ko‘chiriladi.

Dam olish kunlari yomg‘irli bo‘ladi
4 noyabr 2022, 16:17

Dam olish kunlari yomg‘irli bo‘ladi

O‘zbekistonga Kaspiy dengizi, Turkmaniston va Eron hududlaridan nam bulutli massivlar kirib kelishda davom etadi. Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting