Transport vazirligi Toshkent ko‘chalariga tramvayni qaytarish zaruratini o‘rganadi

Ma’lum yo‘nalishlardagi transport ehtiyoji boshqa transport turi yo‘lovchilar oqimini eplay olmayotganini ko‘rsatsa, Toshkentga tramvay qaytishi mumkin. Buni hisoblash uchun Transport vazirligi keng miqyosli tadqiqotlar o‘tkazadi hamda Toshkentda transportga bo‘lgan ehtiyojning makromodelini ishlab chiqadi.

Pulli to‘xtash joylarini joriy etishda aqlli yondashuv zarur — mutaxassislar

Ko‘pdan beri kechiktirilayotgan pulli to‘xtash joylari ertami-kechmi baribir joriy etiladi. Biroq muammoni kompleks hal etish zarur. Odamlar avtomobildan voz kechishi uchun normal jamoat transporti bo‘lishi, mashinalar hovlilarga kirib ketmasligi va, nihoyat, aholi bilan muloqot to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kerak.

«Biz qonun doirasidagi majburiyatimizni bajardik». Davaktiv rahbari — Uzcard xususiylashtirilishi haqida

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov Uzcard`ning 210,1 mlrd so‘mga xususiylashtirilishi va nega davlat ulushining ochiq savdolarga qo‘yilmaganiga izoh berdi.

Komil Allamjonov: «Ta’lim sohasida velosiped ixtiro qilmaslik kerak»

Komil Allamjonov O‘zbekiston ta’lim sohasida velosiped ixtiro qilmasdan, «eng ilg‘or» — Finlyandiya tizimini — «shartta olib, o‘ziga adaptatsiya qilishi» kerakligini aytdi. Unga ko‘ra, matematika, fizika va ximiya qonunlari hammayoqda bir xil, faqat o‘qitish metodikasi farqli.

Dam olish kunlari yomg‘irli bo‘ladi

O‘zbekistonga Kaspiy dengizi, Turkmaniston va Eron hududlaridan nam bulutli massivlar kirib kelishda davom etadi. Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin

O‘zgidromet 6−8 noyabr kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.

Bayram sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, ishlanmaydigan kun qo‘shib beriladi

O‘zbekistonliklar ko‘p yillardan buyon bayram sanasi yakshanbaga to‘g‘ri kelib qolsa, qo‘shimcha dam olish kuni har doim ham qo‘shib berilmasligidan nolib kelardi. Mehnat kodeksining yangi tahririga ko‘ra, dam olish kuni bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni keyingi kunga ko‘chiriladi.

Samarqand shahriga kirish yo‘llari 10−11 noyabr kunlari yopiladi

Samarqand shahrida 10−11 noyabr o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti munosabati bilan shaharga kirish yo‘llari yopiladi. Bundan tashqari, ushbu kunlarda Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida harakat vaqtinchalik cheklanadi.

Toshkentda ikki kishi bir yigitni uning o‘z uyida do‘pposladi

Toshkentning Shayxontohur tumanida uch yigit avval janjallashib qolgan tanishining uyiga kelgan. Ularning ikki nafari tanish yigitni do‘pposlagan, uchinchisi esa hodisani videoga tushirgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

AQSh O‘zbekistonga 50 ta yengil jangovar transport vositasini taqdim etdi

AQSh Markaziy qo‘mitasi 2,8 mln dollarlik 50 ta Polaris MRZR yengil taktik jangovar transport vositalarini O‘zbekiston mudofaa vazirligining maxsus operatsiyalar kuchlariga topshirdi.

«Agar islohotlarni sekinlashtirsak, iqtisodiy o‘sishni saqlab qolish deyarli imkonsiz bo‘lib qoladi» — Timur Ishmetov

Moliya vaziri Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, hozirda tashqi qarz olish qimmatga tushmoqda. Shuning uchun O‘zbekiston iqtisodiy siyosatda e’tiborni davlat budjeti va qarz olish imkoniyatlaridan ko‘ra, xususiy pul mablag‘laridan foydalanishni ko‘zda tutuvchi tarkibiy islohotlarga qaratishi kerak.

Toshkentda 2,5 mlrd so‘m kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aytilmoqda

Sergeli tumanida bir guruh shaxslar korxona faoliyatini kengaytirishda ehtiyot qismlarni sotib olish uchun ajratilgan 2,5 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Gumonlanuvchilarga tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent va Olmaliqda advokat hamda adliya xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi

DXX tomonidan Olmaliq shahar adliya bo‘limi xodimi va Toshkentdagi advokatlik firmasi advokati fuqarolardan pora olishda olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namanganda soxta DXX xodimi qo‘lga olingani aytilmoqda

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Davlatobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini DXX xodimi deya tanishtirgan shaxsni hibsga olgani aytilmoqda. Gumondor fuqarodan 5,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Farg‘onada Mercedes bilan to‘qnashgan Nexia haydovchisi vafot etdi

Beshariq tumanida Nexia va Mercedes ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda haydovchilardan biri halok bo‘ldi.

O‘zbekistonda «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatishni qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmayapti

O‘zbekiston banklari ikkilamchi sanksiyalar xavfi sabab «Mir» kartalari bo‘yicha to‘laqonli xizmat ko‘rsatishni qayta yo‘lga qo‘yishga hozircha tayyor emas, dedi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmurotov.

Bekobodda Tojikiston fuqarosi 15 kg gashish bilan qo‘lga tushdi

Bekoboddagi Tojikiston fuqarosi vaqtincha yashab kelayotgan xonadondan sotish uchun mo‘ljallangan salkam 15 kg gashish topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Banklar dollarning sotish va sotib olish kursini yangiladi

Tijorat banklari 4 noyabr kuni 1 dollarni 11 165 so‘mdan 11 185 so‘mgacha bo‘lgan oraliqda sotishni boshladi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

Dunyoda tartibsiz mashina qo‘yilishiga qarshi qanday kurashilgan va nimaga erishilgan?

Tartibsiz avtoturargohlarga qarshi kurashish maqsadida noyabrdan Toshkentda pulli to‘xtash joylarini joriy etish rejalashtirilgandi. Shu kabi choralar dunyoning turli shaharlarida haydovchilar qarshiligiga duch kelgan. «Gazeta.uz» uchta shahar — Oklaxoma-Siti, Moskva va Olmaota tajribasi haqida so‘zlab beradi.