Taxiatosh tumani xokimi Ilhom Matkarimov fermer xo‘jaligi rahbaridan firibgarlik yo‘li bilan 100 mln so‘m pul olgani holati bo‘yicha qamoqqa olindi. U 1 noyabr kuni qo‘lga olingan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston prokuraturasi bu haqda 5 noyabr kuni e’lon qildi.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 25 (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 211-moddasi (pora berish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda Ilhom Matkarimovning turmush o‘rtog‘i ham qamoqqa olingani haqidagi xabarlarni rad etdi.