Toshkent shahri Olmazor tumanidagi ko‘chalarning biri 5 kunga yopiladi deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 7 noyabrdan 12 noyabrga qadar tumandagi Beruniy metrosi yaqinidagi O‘zbekiston davlat milliy universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti hududiga kiruvchi asosiy yo‘lda 64 metr balandlikdagi O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatilishi munosabati bilan avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Harakatlanuvchi haydovchilarga tumandagi Mirzo G‘olib ko‘chasi (Mashinasozlik fakulteti, GQKM fakulteti asosiy yo‘li) hamda Talabalar ko‘chasi (Muhandislik texnologiyalari fakulteti) orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

Piyodalar uchun esa harakatlanish cheklanmaydi.