O‘zbekiston hududida 6 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 08:56 da zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Yer osti silkinishlari o‘chog‘i Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanida, 15 km chuqurlikda joylashgan. Epitsentrda zilzila kuchi 4 balni tashkil etdi.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Peshko‘ tumanida 4 ball, 26 km.
  • Shofirkon tumanida 2−3 ball, 66 km.
  • Konimex tumanida 2 ball, 90 km.
  • Jondor tumanida 2 ball, 91 km.
  • Romitan tumanida 2 ball, 95 km.