Prezident tomonidan «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi yangi qonun [O‘RQ-800] imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonning milliy standartlashtirish tizimini quyidagilar tashkil etadi:
- ️Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
- ️Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ;
- ️davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
- ️standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar.
Tizimning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning hayotini, sog‘lig‘ini va mol-mulkini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat.
Standartlashtirish rejasi quyidagi muddatli istiqbol uchun qabul qilinishi mumkin:
- ️qisqa (1 yilgacha);
- ️o‘rta (1 yildan 5 yilgacha);
- uzoq (5 yildan 10 yilgacha).
Standartlarning yagona axborot bazasi bu bo‘yicha milliy organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Standartlarning toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- milliy standartlar;
- xalqaro (mintaqaviy) standartlar;
- xorijiy mamlakatlarning standartlari.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 12 oy o‘tgach kuchga kiradi.