«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda turli xil mazali qovoqli taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Qovoqli gulsimon somsalar


Kichkina qovoq shaklida tayyor xamirdan qovoqli somsalar.

Gaz pechida pishirilgan qovoq


Juda sersuv va mazali, ichiga qiyma va sabzavotlar solib pishiriladigan ajoyib qovoqli taom.

Qovoqli manti


Qovoqlarning ayni mavsumida ulardan tayyorlangan, yumshoqina, og‘izda erib ketuvchi mantilarni tayyorlashni taklif qilamiz.

Qovoq bilan pishirilgan tovuq


Qovoq bilan iloji bo‘lsa, tovuqning soni yoki boldirlarini pishirgan yaxshi. Shunigdek, ta’bga qarab kartoshkalardan ham solib, retseptni boyitish mumkin.

Qovoqda pishirilgan jarkop


Jarkop pishish jarayonida qovoq ta’mi va iforiga to‘yinadi va yanada mazaliroq bo‘ladi!

Oshqovoqdan sho‘rva


Tayyorlanishi osonligiga qaramay, sho‘rva juda foydali oshqovoq va ziravorlar ta’miga boy.

Pishirilgan qovoqli salat


Tarkibida ko‘p miqdorda ko‘kat va qovoq borligi uchun salat ta’mi va tashqi ko‘rinishi juda yorqin ko‘rinadi.

Qovoqli tatarcha burma


Burma — qirim tatarlarining an’anaviy taomi bo‘lib, u xamirga o‘ralib, pechda pishiriladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.