O‘zbekistonga Johnson&Johnson vaksinasining yangi 583 200 dozasi olib kelindi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

COVID-19`ga qarshi emlash ishlari tizimli ravishda boshlanganiga bir yarim yildan oshdi. Bu davrda 71,6 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi, deyiladi xabarda.

Johnson& Johnson O‘zbekistonda SOVID-19ga qarshi qo‘llanilayotgan sakkizinchi turdagi vaksinadir. Uning birinchi partiyasi (419 950 doza) respublikaga 31 oktabr kuni olib kelingandi.

2022 yil oxirigacha ushbu vaksinaning yana 1 000 800 dozasini yetkazib berish rejalashtirilgan. Bunga Kanada hukumatining hayriya sifatidagi 471 600 dozasi, shuningdek, COVAX dasturi orqali 583 600 dozasini yetkazib berish kiradi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.